Orzuyingizni amalga oshirish vaqti keldi

Pensiyamni o‘zim boshqaraman ShJBP tariflari

“Ziyorat” Ixtiyoriy pensiya dasturi

QISQАCHА MАZMUNI:

Ziyorat dasturi bu kelajakda boʼlajak nafaqahoʼrlar oʼzlari uchun mablagʼlarni jamgʼarib borish orqali oʼtkazgan mablagʼlari hisobidan «Haj» va «Umra» ziyoratlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

MАQSАD:

Boʼlajak nafaqahoʼrlarni «Haj» va «Umra» ziyoratlarini amalga oshirishda koʼmaklashish:

FUQАRO FOYDАSI:

Fuqaroning shaxsiy pensiya hisobvaraqamlaridagi mablagʼlarga yillik ustama foiz hisoblab qoʼshiladi: Fuqaro 5 yil davomida 0.5 mln. soʼm mablagʼ oʼtkazib borsa, 5 yildan soʼng ushbu mablagʼlar va unga qoʼshilgan ustama haqi hisobidan ikki kishilik yoʼllanmaga ega boʼlish orqali «Haj» va «Umra» ziyoratlarini amalga oshirish.

IMTIYoZ:

Imtiyoz: bunda Xalq banki fuqaro tomonidan oʼtkazilgan mablagʼlarni jamgʼarib boradi va har yili ushbu mablagʼlarga 20 foiz miqdorida (har yili resurs bozoridan kam boʼlmagan miqdorda) ustama haqi toʼlanadi. Bundan tashqari, fuqaro ushbu mablagʼlarni oʼzining oylik ish haqidan oʼtkazib borgan taqdirda, daromad soligʼidan ozod etiladi. Demak, agar fuqaro bir yilda 0,5 mln soʼmdan oʼtkazsa, yiliga 6,0 mln. soʼm, ushbu oʼtkazgan mablagʼdan 0,7 mln. soʼm daromad soligʼidan ozod etiladi. Ushbu mablagʼlar 5 yil davomida 3,6 mln. soʼm foyda koʼrishiga va har yili Xalq banki tomonidan resurs bozoridan kam boʼlmagan miqdorda foiz mablagʼlariga ega boʼladi.

“Kelajakka ishonch" dasturi haqida.

QISQАCHА MАZMUNI:

“Kelajakka ishonch” shaxsiy pensiya dasturiga mablagʼlar jismoniy shaxslardan toʼlanadigan badallarning eng kam yoki koʼp miqdori cheklanmagan miqdorda bankning filiallari tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan 5 yil muddatga naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda (jumladan, plastik kartochkalar orqali) qabul qilinadi.

MАQSАD:

Kelajakda pensiya mablagʼiga ega boʼlish:
Daromad soligʼidan ozod boʼlish orqali oʼz jamgʼarma mablagʼlarini koʼpaytirib borish:

ShАRTLАR:

Аgar fuqaro shartnoma muddati tugagandan keyin badallar kiritishni davom ettirsa tuzilgan shartnoma muddati keyingi 5 yilga uzaytiriladi.
Fuqaro ketma-ket 3 (uch) oy davomida ushbu dastur boʼyicha har oyda kiritilishi kerak boʼlgan mablagʼlarni jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kirim qilmagan taqdirda Xalq banki ushbu sharnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.

FUQАRO FOYDАSI:

“Kelajakka ishonch” milliy valyutadagi shaxsiy pensiya dasturida qabul qilingan mablagʼlarni joylashtirishdan olingan daromaddan yillik inflatsiya darajasi plyus 6 (olti) foiz miqdorida foiz toʼlanadi. Shaxsiy pensiya dasturiga foizlar har bir badal uchun badal kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab, toki u tizim aʼzosiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʼra tizim aʼzosining hisobvaragʼidan oʼchirilgan kundan oldingi kungacha shaxsiy pensiya hisobvaraq qoldigʼiga nisbatan hisoblab qoʼshiladi

Korporativ pensiya dasturlari

“Bizning faxrimiz” pensiya dasturi korxonada ishlayotgan pensiya yoshidagi fuqarolar uchun.

QISQАCHА MАZMUNI:

“Bizning faxrimiz” korporativ pensiya dasturi orqali ish beruvchi oʼzining yetakchi xodimlarini qoʼllab quvvatlash maqsadida, ushbu dastur taklif etiladi. Bu orqali ish beruvchi oʼzining xodimlariga pensiya badallari oʼtkazib boradi. Pensiya badallarining miqdori ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

MАQSАD:

Xodimning ish beruvchiga qoʼshgan xissasi uchun ragʼbatlantirish:

FUQАRO FOYDАSI:

13 oydan keyin fuqaro ushbu mablag‘larni plastik kartochkasiga olishi yoki boshqa to‘lovlarga (omonat, kommunal) o‘tkazish imkoniyati taqdim etiladi. O‘tkazilgan mablag‘larga alohida ustama haqi (%) hisoblanadi.

IMTIYoZ:

Imtiyoz:. Ustama haqi miqdori, o‘tkazilgan mablag‘larga depozit bozorining yuqori sur’atlarida foiz (20 foiz) mablag‘lari belgilanadi. Fuqaroga o‘tkazilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod etilishi oqibatida, fuqaro har o‘tkazilgan mablag‘lardan 12 foiz miqdorida qo‘shimcha daromad ko‘radi. Bu esa fuqaroning jamg‘arilgan mablag‘lariga bir yilda o‘rtacha 32 foiz miqdorida ustama haqi oladi. Agar, har oyda 900 ming so‘m mablag‘ o‘tkazsa, 108 ming so‘m daromad solig‘idan ozod etiladi. Bir yilda bu daromad 1,2 mln. so‘mni tashkil etadi. Bu esa fuqaro uchun qo‘shimcha daromad hisoblanadi. Hulosa qilganda, fuqaro ushbu dastur orqali 12 foiz daromad solig‘idan yig‘ilgan mablag‘lar va ularga hisoblangan ustama haqi (%) hisobiga O‘zbekistondagi mavjud dam olish maskanlariga yo‘llanma olish yoki sog‘lig‘ini tiklab borishi uchun qulay sarmoyaga ega bo‘ladi.

Tizimda Majburiy tarzda ishtirok etuvchilar uchun

Kalkulyator

O‘z kelajagingizni tanlang

E
A
Yoshi 35 / 60
Inflatsiya foizi 16 %
Daromad 2 500 000 so'm/oy
Majburiy badal 0.1 %
Ixtiyoriy badal 5 % / 100 %
125 000 so'm/oy
Sizning pensiya jamg'armangizda 25 yil davomida 373 821 023 so'm mablag' yig'iladi
Mablag'ni to'lab berish davri 10 yil
Pensiya jamg'armasi 1 375 000 so'm
Kelajakdagi pensiya
4 490 175 so'm/oy
SHJBP badali - 3 115 175 so'm
Davlat pensiyasi - 1 375 000 so'm

Pensiyada doimiy daromadingzini saqlab qoling

Kelajakdagi pensiya

4 490 175 so'm

Avtomobil uy joy
Sayohat qiling
Kino va teatrlarga borish
Oilangiz farovonligi
Sport bilan shug'ullaning
Sog'ligingizni asrang
Hisobingiz to'laligi
Oziq-ovqat va kiyim-kechak

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi tarixi haqida

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonunga asosan, 2005 yil 1 yanvardan boshlab jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizim amaliyotga joriy etildi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi nima o‘zi?

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bu - fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan davlat pensiyasiga qo‘shimcha ravishda pul mablag‘lari bilan ta’minlashdan iborat.

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlaridan mablag‘larni olish xizmati.

Afzalliklari va qulayliklari

Endi siz bank filialiga borishingiz hamda navbat kutishingiz talab etilmaydi. Sizda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamingizdagi mablag‘larni istalgan vaqtda masofadan turib Xalq bankida ochilgan plastik kartochkangizga kirim qilish imkoniyati yaratildi.

Xizmatdan foydalanish tartibi

xb.uz sayti orqali JBPT bo‘limiga kiriladi. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlaridan mablag‘larni olish xizmati bo‘limida “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi. Telefon raqami teriladi va telefonga kelgan SMS kodi kiritiladi. Oferta shartnomasi shartlari bilan tanishib chiqib, rozilik belgisi bosiladi.

Xizmat turidan foydalanishda bank xizmat haqi

Ushbu xizmat turidan foydalanilganda bankning ichki tarifiga asosan o‘tkazilgan summadan 1% miqdorida bank xizmati undiriladi.

Xizmatdan foydalanish

Endi shaxsiy jamg‘arib borilayotgan pensiya hisob varaqangiz holati haqida habardor bo‘ling

Afzalliklari va qulayliklari

Hammasi oddiy my.gov.uz saytiga kirib “shaxsiy kabinetidan” jamg‘arib borayotgan pensiya mablag‘irimizning qoldig‘i haqida istalgan payt ma’lumot olishimiz mumkin

Xizmat turidan foydalanishda bank xizmat haqi

Ushbu xizmat turidan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib siz istalgan payt foydalanish imkoniga egasiz

Xizmatdan foydalanish

Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish

Afzalliklari va qulayliklari

Jismoniy shaxs Xalq bankining rasmiy veb sayti (xb.uz)ning “shaxsiy kabinetidan” onlayn rejimda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

Xizmat turidan foydalanishda bank xizmat haqi

Ushbu xizmat turidan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib siz istalgan payt foydalanish imkoniga egasiz

Xizmatdan foydalanish

Jamg‘arib borayotgan pensiya hisobraqamingizdagi mablag‘laringizning har bir harakatidan habardor bo‘ling

Afzalliklari va qulayliklari

Fuqarolar Xalq banki filialiga murojaat etmasdan turib uyali aloqa vositalari orqali jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamidagi mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarini “SMS” xabar orqali bilib oladi.

Foydalanish uchun nima qilish kerak?

“SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilishlari yoki birgina 3200 qisqa raqamiga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ini yuborishlari mumkin. Mijoz “SMS-xabarnoma” xizmat turiga ulangandan so‘ng, 3200 qisqa raqamiga 1 raqamini yuborsa, joriy holatga mablag‘lar qoldig‘i, 2 raqamini yuborsa, oxirgi oyda uning shaxsiy pensiya hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xizmatdan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizom:

Batafsil ma’lumot

Qabul qilingan sana:

21.12.2004 yil

Qarorga kiritilgan o‘zgarishlar:

Mavjud emas

Qonun:

21.12.2004 yil, 595-sonli

Soni:

595-sonli

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi Qarori:

Batafsil ma’lumot

Qabul qilingan sana:

21.12.2004 yil

Qarorga kiritilgan o‘zgarishlar:

24.05.2011 yil, 145-sonli VMQ

24.05.2011 yil, 145-sonli VMQ

24.05.2011 yil, 145-sonli VMQ

Qonun:

21.12.2004 yil, 595-sonli

Soni:

595-sonli

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizom:

Batafsil ma’lumot

Qabul qilingan sana:

04.06.2010 yil

Qarorga kiritilgan o‘zgarishlar:

Mavjud emas

Qonun:

Mavjud emas

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonuni:

Batafsil ma’lumot

Qabul qilingan sana:

02.12.2004 yil

Qarorga kiritilgan o‘zgarishlar:

Mavjud emas

Qonun:

4 ta bob, 27-moddadan iborat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining qarori va Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizom:

Batafsil ma’lumot

Qabul qilingan sana:

06.10.2005 yil

Qarorga kiritilgan o‘zgarishlar:

Mavjud emas

Qonun:

Ma’lumot mavjud emas

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi strukturasi

Nigmatov Orif Obidovich

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi Departament direktori

Xushmatov Alisher Abdishukurovich

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi Departament direktori o‘rinbosari

Ochilov Faxriddin Abduraimovich

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta`minoti tizimi buxgalteriyasini yuritish bo`limi. bo‘limi boshlig‘i

Vakant

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Mirsoliev Komiljon Xusniddinovich

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga xizmat ko‘rchsatish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i

Axmedjanov Sherzod Mamurjon o`gli

Hisobotlarni qabul qilish va qayta ishlash bo`yicha hududlar bilan ishlash bo`limi

  • Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchani qanday va qaerda ochsam bo‘ladi?
  • Men jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamni yo‘qotib qo‘ydim uni qanday qayta tiklasam bo‘ladi?
  • Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamda yig‘ilgan mablag‘larni qachon, qaerda, qay holatda olishim mumkin?
  • Jamg‘arib boridadigan pensiya hisobvarag‘imdagi mablag‘larga foiz hisoblab qo‘shiladimi?
  • Men my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetimga kirganimda kirgani “Sizning jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamingiz shaxs o‘xshashligi identifikatsion raqamizga mos emasligi aniqlandi” (Vash INPS ne sovpadaet vash PNFL) xabari chiqdi nima qilsam bo‘ladimi?
  • Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamdagi mablag‘lar qoldig‘ini telefon orqali qanday bilsam bo‘ladimi?
  • Menga 3200 raqamidan SMS keldi bu nima?

Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchani qanday va qaerda ochsam bo‘ladi?

“Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 10 moddasi hamda “Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 238-sonli qaroriga asosan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimga hisobga olish “Davlat xizmatlari markazi” (Yagona darcha) yoki yagona davlat interaktiv xizmatlar portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi va onlayn rejimda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma beriladi, shundan so‘ng Xalq bankining http://cabinet.xb.uz:82/ sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimga ro‘yxatga olinganli to‘g‘risidagi ma’lumotnoma”ni chop etiladi.

Men jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamni yo‘qotib qo‘ydim uni qanday qayta tiklasam bo‘ladi?

Siz Xalq bankining http://cabinet.xb.uz:82/ sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimga ro‘yxatga olinganli to‘g‘risidagi ma’lumotnoma”ni chop etishingiz mumkin.

Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchamda yig‘ilgan mablag‘larni qachon, qaerda, qay holatda olishim mumkin?

Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi fuqaroning yashash joyida (propiska) joylashgan Xalq banki filiali orqali amalga oshiriladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovini bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib olish mumkin. Yoshga doir pensiya va nogironlik pensiya bo‘yicha mablag‘ oluvchilarning pensiya to‘lovini olish xuquqi BTPJ (SOBES) ma’lumotlar bazasidan onlayn aniqlanadi. Xarbiy pensionerlar xarbiy pensionerlik guvohnomasi, chet elga ko‘chib ketuvchilar chiqish varaqasi (listok ubitya), meros bo‘yicha oluvchilar notarial tasdiqlangan meros bo‘yicha guvohnomasi (yoki vasiyatnoma) va o‘lim haqidagi guvohnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Jamg‘arib boridadigan pensiya hisobvarag‘imdagi mablag‘larga foiz hisoblab qo‘shiladimi?

Xalq banki shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori sur’atlardagi stavkalar bo‘yicha foizlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab qo‘shadi. Foiz stavkasi Xalq banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishib, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Menga 3200 raqamidan SMS keldi bu nima?

Soliq hisobotini jo‘natganda quyidagi holatlarda 137-sonli xatolik chiqishi mumkin:
• Xatolikda FJBP (INPS) hisobraqami ko‘rsatilgan xodimlarigizga jamg‘rib boriladigan pensiya hisob raqami ochilmaganligi (bunda my.gov.uz sayti orqali yoki davlat xizmatlari markazi orqali INPS hisobraqam ochadi);
• Soliq hisoboti ilovasida ko‘rsatilgan ayrim xodimlaringizga (xatolikda INPS raqami ko‘rsatiladi) FJBP (INPS) hisobraqami noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
• Soliq hisoboti ilovasida ko‘rsatilgan ayrim xodimlaringiznig (xatolikda INPS raqami ko‘rsatiladi) FJBP (INPS) hisobraqami korxona xodimlar ro‘yxatiga biriktirilmaganligiuchun (bunda https://nps.xb.uz/nps/ sayti orqali ERI kalit bilan kirib korxonaga biriktiradi); • Soliq hisoboti ilovasida ko‘rsatilgan xodilarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari miqdori hisobot oyida Xalq bankida o‘tkazilgan pensiya badallari miqdoriga mos kemasligi;

Пожалуйства, введите Серию и номер паспорта ПИН ФЛ и номер мобильного телефона