logo

Apple Pay endi Xalq Banki'da

iPhone — endi sizning Xalq Banki kartangiz

Apple Pay — Uzcard kartangiz bilan oson, xavfsiz va maxfiy toʻlov usuli. Kartani xazna ilovasidan bir necha soniyada qoʻshing.

Mos Apple qurilmasida oʻqiyapsizmi? Kartani hozir qoʻshing.

Shartlar amal qiladi.

Xalq Banki Uzcard•••• 4821

Bosh sahifa / Jismoniy shaxslar / Kartalar / Apple Pay

Har kuni toʻlash uchun qulay

Tez

Yon tugmani ikki marta bosing, Face ID bilan tasdiqlang va telefonni terminalga yaqinlashtiring.

Xavfsiz

Har bir toʻlov Face ID, Touch ID yoki parol bilan tasdiqlanadi. Toʻlovni faqat siz qila olasiz.

Maxfiy

Karta raqamingiz qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi va sotuvchiga berilmaydi.

iPhone va Apple Watch

Telefon yoningizda boʻlmasa ham, Apple Watch bilan toʻlang.

Kartani qanday qoʻshish mumkin

  1. 1iPhone'da xazna ilovasini oching.
  2. 2«Kartalar» boʻlimida Uzcard kartangizni tanlang.
  3. 3«Add to Apple Wallet» tugmasini bosing.
  4. 4Shartlarni oʻqib chiqing va tasdiqlang.
  5. 5Tayyor — karta Apple Pay'da.

Apple Watch'ga qoʻshish uchun iPhone'dagi Watch ilovasida «Wallet & Apple Pay» boʻlimini oching.

Qanday toʻlash

iPhone bilan

  1. Yon tugmani ikki marta bosing.
  2. Face ID, Touch ID yoki parol bilan tasdiqlang.
  3. Telefonni terminalga yaqinlashtiring va «Done» belgisini kuting.

Apple Watch bilan

  1. Yon tugmani ikki marta bosing.
  2. Soatni terminalga yaqinlashtiring.
  3. Yengil tebranish — toʻlov amalga oshdi.

Kontaktsiz toʻlov belgisi yoki Apple Pay belgisi bor kassalarda toʻlang: doʻkonlar, dorixonalar, kafelar, yoqilgʻi shoxobchalari.

Onlayn toʻlovlar uchun xazna ilovasidan foydalaning.

Nima kerak

Qurilma

Face ID yoki Touch ID boʻlgan iPhone yoki Apple Watch

Sozlamalar

iOS'ning soʻnggi versiyasi va Apple Account'ga kirilgan boʻlishi

Karta

Xalq Banki'ning Uzcard kartasi

Xavfsizlik ichiga qurilgan

Karta raqami saqlanmaydi

Apple Pay karta raqamingiz oʻrniga qurilmaga xos raqamdan foydalanadi.

Har bir toʻlov tasdiqlanadi

Face ID, Touch ID yoki parolsiz toʻlov amalga oshmaydi.

Telefon yoʻqolsa

Find My orqali qurilmani yoʻqolgan rejimiga oʻtkazing — Apple Pay toʻxtatiladi. Yoki Xalq Banki aloqa markaziga qoʻngʻiroq qiling: 1106.

Koʻp beriladigan savollar

Huquqiy maʼlumot

Apple Pay'dan foydalanish uchun ishtirokchi bankning qoʻllab-quvvatlanadigan kartasi kerak. Kartangiz Apple Pay bilan mosligini bilish uchun bankingizga murojaat qiling. Apple Pay barcha mamlakatlarda mavjud emas. Funksiyalar oʻzgarishi mumkin. Ayrim funksiyalar, ilovalar va xizmatlar barcha hududlarda yoki tillarda mavjud boʻlmasligi hamda maxsus qurilma va dasturiy taʼminot talab qilishi mumkin. Contactless Symbol — EMVCo, LLC kompaniyasining savdo belgisi boʻlib, uning ruxsati bilan foydalanilmoqda. Apple, Apple Pay, Apple Wallet, Apple Watch, Face ID, iPhone va Touch ID — Apple Inc. kompaniyasining AQSh va boshqa mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtgan savdo belgilari.