Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img

UzPay to'lov tizimi

Uzpay - O'zbekiston bo'ylab milliy va xorijiy valyutada pul o'tkazmasi

UzPay – milliy va xorijiy valyutadagi pul o‘tkazmalari

O'zbekiston hududida Xalq bankining filiallari orqali “UzPay” milliy va xorijiy valyutadagi pul o'tkazmasi amaliyotga joriy etildi. Pul o'tkazmasining eng kam miqdori 10 000 so'm, eng yuqori qiymati belgilanmagan. Ushbu o'tkazma naqd va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Barcha o'tkazmalar uchun xizmat komissiyasi jo'natilayotgan mablag' miqdoridan 1% olinadi. Mijoz ushbu o'tkazma orqali bankning istalgan filialidan mablag'larni jo'natishi hamda istalgan filialidan olishi mumkin.

img

 

Pulni jo`natish:

bankning istalgan filialiga murojaat qiladi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi;
pul jo`natishning minimal miqdori 10 000 so'm;
mablag'larni naqd va naqdsiz ko'rinishda o'tkazishi mumkin;
oluvchining FIO va telefon raqamini (oluvchining telefon raqamiga 10 ta raqamdan iborat SMS boradi) bank xodimiga beradi;
pulni topshiradi va hujjatlarga imzo chekadi.


Pulni olish:

bankning istalgan filialiga murojaat qiladi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi;
bank xodimiga 10 talik raqam va qancha mablag' kelgani aytiladi.