Plastik kartochkadagi kirim va chiqim amaliyotlari SMS orqali uyali aloqa telefoningizga kelib turadi
Respublikamiz bo‘ylab qulay va tez naqdsiz to‘lovlarni amalga oshiring
Plastik kartangiz yo‘qolgan taqdirda mobil ilova orqali bankka murojaat qilmasdan bloklang
Karta uchun to‘lov
Sug‘urta depoziti
Muddat
To‘ldirish turi
Kartadan kartaga o‘tkazish
Operatsiyalar bajarish shartlari
Muhim shartlar
“Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi hamda “Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 238-sonli qaroriga asosan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olish “Davlat xizmatlari markazi” (Yagona darcha) yoki yagona davlat interaktiv xizmatlar portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi va onlayn rejimda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olingani to‘g‘risida xabarnoma beriladi. Shundan so‘ng Xalq bankining sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma” chop etiladi.
Siz Xalq bankining sayti orqali “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma”ni chop etishingiz mumkin.
Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar to‘la hajmda to‘lanadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi fuqaroning yashash joyida (propiska) joylashgan Xalq banki filiali orqali amalga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovini bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib olish mumkin.
Yoshga doir pensiya va nogironlik pensiya bo‘yicha mablag‘ oluvchilarning pensiya to‘lovini olish huquqi BTPJ (SOBES) ma’lumotlar bazasidan onlayn aniqlanadi.
Harbiy pensionerlar harbiy pensionerlik guvohnomasi, chet elga ko‘chib ketuvchilar chiqish varaqasi (listok ubitya), meros bo‘yicha oluvchilar notarial tasdiqlangan meros bo‘yicha guvohnomasi (yoki vasiyatnoma) va o‘lim haqidagi guvohnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Xalq banki shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori sur’atlardagi stavkalar bo‘yicha foizlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab qo‘shadi. Foiz stavkasi Xalq banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishib, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar hisobidan belgilanadi.
Omonat ochish uchun mijozdan shaxsni tasdiqlovchi xujjat talab qilinadi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
Bank tomonidan omonatlar bo‘yicha foizlar hisoblash “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1306, 30.01.2004 y.) asosida amalga oshiriladi.
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha hisoblanadi. Omonatchining hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalana olmagan bo‘lsa, ushbu davr uchun foizlar hisoblamaydi.
Mijoz Bank boshqaruvchisi nomiga omonat daftarcha yo‘qolganligi yuzasidan ariza bilan murojjat qiladi. Omonat daftarcha yangi rasmiylashtirilib beriladi.
Omonat merosxo‘rga omonat daftarchasi (omonat daftarchasi berilmagan yoki omonat daftarchasi yo‘qolgan hollar bundan mustasno), merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda beriladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida omonat berilayotganda nazoratchi merosxo‘rning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini guvohnoma bilan solishtiradi hamda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasini olib qoladi.
Omonatchi ishonchnomani istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga ega. Ishonchnoma bekor bo‘lganligi haqida omonatchi (uning huquqiy vorislari) omonatdan foydalanish uchun ishonchnoma berilgan omonat bo‘yicha shaxsiy hisobvaraq ochilgan bank yoki uning filialiga yozma ravishda ma’lum qilishi shart.
Ishonchnoma bekor bo‘lgan va bu haqda omonatchi (uning huquqiy vorislari) tomonidan o‘z vaqtida bankka yoki uning filialiga yozma ravishda xabar berilmagan hollarda, ishonchnoma bo‘yicha berilgan omonat uchun bank javobgar hisoblanmaydi.
Kredit olish uchun hujjatlar to'liq taqdim etilgandan so'ng uch bank ish kunida ko'rib chiqiladi.
Pensiya yoshiga yetgan, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga ajratiladi.
Kredit olish uchun hujjatlar to'liq taqdim etilgandan so'ng uch bank ish kunida ko'rib chiqiladi.