Bank korxonalarga va tashkilotlarga plastik kartalar yordamida ish haqi va boshqa daromadlarni hisoblash va to’lashni amalga oshirishni taklif qiladi. Bu xodimlarga ish haqini to’lash bilan bog’liq xarajatlarni, kassa operatsiyalarini amalga oshirish, naqd pul mablag’larini saqlash, tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni tejash hisobiga ancha kamaytirishga imkon beradi Ish haqi loyihasi amalga oshiriladigan korxonaning xodimlari ham bir qator afzalliklarga ega bo’ladi: ish haqi berilishida maxfiylik.
Ish haqi plastik kartasi (shaxsiy to’lov kartasi) — tashkilot va har bir xodim o’rtasidagi shartnomaga muvofiq tashkilotning xodimlariga ochib beriladi va uning saqlovchisiga o’zi ishlaydigan korxonadan ish haqini va unga tenglashtirilgan to’lovlarni (nafaqalar, stipendiyalar va hokazo) olishga, savdo shoxobchalarida tovarlar va xizmatlar haqini to’lashga, bank kassalarida POS terminallari orqali naqd pul mablag’larini yechib olishga imkon beradi
Korporativ karta — yuridik shaxslar va yuridik shaxs tuzmagan holda xususiy tadbirkorlar uchun ochiladi va savdo-servis korxonalarida korxonaning o’z ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan tovarlar yoki xizmatlar uchun naqdsiz to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi