Agar korxonangiz to’lovlarni qabul qilish yo’li bilan savdo faoliyatini amalga oshiradigan bo’lsa, Xalq banki taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar evaziga UZCARD banklararo to’lov tizimining boshqa a’zolari bo’lgan barcha banklarning kartalarini to’lov vositasi sifatida qabul qilishga imkon beruvchi xizmatni taklif etadi (savdo ekvayring). Tovarlar va xizmatlar uchun bank kartalari vositasida to’lov tez amalga oshiriladi, operatsiyani o’tkazish uchun ketadigan vaqt naqd pul bilan hisob-kitob qilishga taxminan teng bo’ladi.
Bankning vositachilik haqi, pul mablag’larini qoplash muddati, shuningdek, ishlash uchun kerak bo’lgan uskunalarni o’rnatish va unga xizmat ko’rsatish shartlari har bir tashkilot bilan alohida kelishib olinadi