Kredit mablag‘ini naqd pul ko‘rinishida olsa bo‘ladimi
AT Xalq bank tizimida amaldagi qonunchilikka asosan yuridik shaxslar uchun kreditlar faqat mijoz tomonidan taqdim qilinadigan mahsulot (tovar) oldi-sotdi shartnomasiga asosan pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi.
Kreditning imtiyozli davri nima
Кreditning imtiyozli davri paytida kredit asosiy qarzi bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi, hamda mijoz kreditning asosiy ta'ni qismini to‘lash boshlangunga qadar faqat foiz to‘lovini oyma-oy to‘lab boradi
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kredit olishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kredit olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
• Kredit olish uchun ariza;
• Guvohnoma;
• Pul oqimlari to‘liq ko‘rsatilgan biznes-reja;
• Kredit ta'minoti bilan bog‘liq hujjatlar;
• Bank krediti hisobiga sotib olinayotgan mahsulotlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar.
Shu bilan birgalikda bank tomonidan loyihani to‘liq tahlil qilish uchun lozim bo‘ladigan boshqa hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kredit olishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
• Kredit olish uchun ariza;
• Ta'sis hujjatlari;
• Korxona ta'sischilar yig‘ilishi bayonnomasi yoki ta'sischining qarori (kredit olish va ta'minot taqdim qilish to‘g‘risida ta'sischilarning imzolangan bayonnomasi);
• Korxona rahbari va bosh hisobchisini tayinlash to‘g‘risida ta'sischilar qarori;
• Litsenziya (faoliyati bo‘yicha talab qilinsa);
• Pul oqimlari to‘liq ko‘rsatilgan biznes-reja;
• Oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar;
• Korxonaning barcha banklardagi hisobraqamlari va ushbu hisobraqamlardagi pul mablag‘lari oqimlari, qoldiqlari va kartoteka-2 to‘g‘risida ma'lumot (agar ikkilamchi hisobraqamlari mavjud bo‘lsa);
• Kredit ta'minoti bilan bog‘liq hujjatlar;
• Bank krediti hisobiga sotib olinayotgan mahsulotlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar.
Shu bilan birgalikda bank tomonidan loyihani to‘liq tahlil qilish uchun lozim bo‘ladigan boshqa xujjatlar talab qilinishi mumkin.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratiladimi
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratiladi. AT Xalq bankidan 1 oydan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oydan 18 oygacha, bankning ichki tartibi asosida belgilangan tijorat foizi to‘lash sharti bilan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit mablag‘ini olishingiz mumkin.
Asosiy vositalar sotib olish uchun kredit shartlari qanday
Asosiy vositalar sotib olish uchun kredit Bankning tasdiqlangan ichki me'yoriy hujjatlariga asosan 36 oy muddatgacha, 6 oygacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Ta'minot sifatida taqdim etgan mol-mulkimni garovdan chiqarmasdan qolgan qismiga kredit olish imkoni bormi
Garovingizning qolgan qismiga kredit olish imkoni mavjud. Buning uchun siz bank filialimizga murojat qilishingiz mumkin.
Bugungi kunda kredit foizini to‘lashda qiynalyapman. Shu bois kredit muddatini uzaytirmoqchiman
Siz kredit muddatini uzaytirmoqchi bo‘lsangiz hisob raqamingiz ochilgan filialga borib Ariza berasiz va Bosh bank qaroriga asosan muddatini uzaytirish yoki uzaytirmasligi ma'lum qilinadi.