Internet-banking texnologiyasidan foydalanish uchun sizga Internetga ulangan hamda Microsoft Internet Explorer brauzeri o’rnatilgan kompyuterga ega bo’lish yetarli
Mijoz va bank o’rtasida operatsiyalar real vaqt rejimida o’tkaziladi. Siz onlayn rejimda to’lov hujjatlariga ishlov berish va bosqichlarni kuzatishingiz mumkin.
Sizning manzilingizga kelgan to’lovlar to’g’risida ma’lumot bankka kelib tushishi bilan yangilanib turadi.
Uzatiladigan axborotni ruxsat etilmagan tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kriptografiya formatidan foydalanib, shifrlash bilan ta’minlanadi
Aloqa qiluvchi tomonlar elektron raqamli imzolardan (ERI) foydalanadi. Identifikatsiyalash tizimi operatsiyani o’tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlashni kafolatlaydi. Tomonlarning ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar tomonlarning imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan qog’oz hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega bo’ladi