Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img

“300 mln so‘mgacha mikrokredit” PQ-312

Kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan (Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasiga ko‘ra) va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlari

Krediti hisob-kitobi

Dastlabki to’lov
0 % 100 %
Kredit summasi
0 so`m 300 000 000 so`m
Muddati
1 oy 72 oy
  • Annuitet
  • Differensial
img

Ushbu hisob-kitoblar dastlabki xarakterga ega.Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.

Oylik to’lov

0 UZS/ ~ 0 kuniga

Yillik foiz stavkasi

23%

Dastlabki to’lov

0%

Muddati

0 oy

To'lov jadvali

Muhim shartlari

1
Kredit muddati: Loyihani amalga oshirish uchun - 72 oygacha (aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 24 oygacha)
2
Maksimal miqdori: 300 mln so'mgacha
3
Imtiyozli davri: 36 oygacha (aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun - 6 oygacha)
4
Kredit foizi:
1-toifadagi hudud mijozlari uchun - 23 foiz;
2-toifadagi hudud mijozlari uchun - 22 foiz;
3-toifadagi hudud mijozlari uchun - 21 foiz;
4-toifadagi hudud mijozlari uchun - 20 foiz;
5-toifadagi hudud mijozlari uchun - 19 foiz.

Muhim shartlari

1
Kredit ta'mininoti: 100 mln so‘mgacha kreditlar garovsiz (bunda, bank tomonidan hudud toifasidan kelib chiqib, 1-2 toifalar uchun 20%, 3-toifa uchun 40%, 4-toifa uchun 60%, 5-toifa uchun 80% miqdorida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ning garov depoziti qabul qilinadi yoki 1-3 toifalar uchun 50%, 4-toifa uchun 60%, 5-toifa uchun 80% miqdorida kompaniyaning kafilligi olinadi); 100 mln so‘mdan oshgan qismi uchun ko‘char va ko‘chmas mulklar hamda boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan garov turlari.
2
Tashabbuskorning ulushi: Talab etilmaydi
3
Kredit ajratish shakli: Pul o'tkazish yo'li bilan

Kerakli hujjatlar

1
Ariza
2
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi
3
Loyihaning o‘zini qoplashga qaratilgan pul oqimlari prognozi (pul oqimlari prognozi shakli kredit pasportida ilova qilinadi)
4
Tovar va mahsulotlar bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi
5
Vakolatli boshqaruv organining kredit olish uchun roziligi (bunda, xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tabdirkorlik subyektlari bundan mustasno)
6
Ta’minot bilan bog‘liq hujjatlar (faqatgina mikrokreditning 100 mln so‘mdan ortiq qismi uchun)
7
Faoliyat joyi hujjatlari (zarur hollarda, qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin)