Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Aksiyadorlar

Aksiyadorlarga murojaat uchun telefon raqami:
+99878 120-17-87

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki

Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi

3-SONLI BAYONIDAN KO‘ChIRMA

 

Umumiy yig‘ilish sanasi va vaqti:

2021 yil 30 iyun

Soat: 10-30

 

 

 

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan joy:

100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46 uy, manzilida joylashgan bankning Bosh ofisi

 

Ovoz berish huquqiga ega joylashtirilgan jami aksiyalar miqdori – 4 230 911 952 dona oddiy aksiyalar.

Yig‘ilish qatnashchilariga yillik umumiy yig‘ilishda qatnashayotgan ovozlarning umumiy soni 4 230 911 952 donani yoki bankning barcha ovoz beruvchi aksiyalarining 100 foizini (2021 yil 24 iyun sanasiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reestriga asosan) tashkil etdi va bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi vakolatli va kvorumga ega.

 

 

 “Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti hamda 2016-2020 yillar uchun tasdiqlangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishi bo‘yicha hisobotlarini eshitish”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

1. Bankning 2020 yildagi ish yakunlari to‘g‘risida Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisoboti hamda strategiyasida belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishi bo‘yicha hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin va tashqi audit xulosasi taqdim etilgandan so‘ng, Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng hisobotlar, bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilsin.

2. Bank Kengashi va Boshqaruvining faoliyati qoniqarli deb topilsin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

 “Bank Taftish komissiyasining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

  1. Bank Taftish komissiyasining hisoboti va xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin va ma’qullansin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 952   ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

“Bank korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

  1. Bankning 2020 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari qabul qilinsin.
  2. Bank Boshqaruvi zimmasiga 2021 yilda Korporativ boshqaruv tizimini baholash ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida, bankda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish jarayonlarini davom ettirish hamda baholash ko‘rsatkichlarini 30 foizgacha oshirish choralari ko‘rilsin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

“Bankning 2021 yil uchun Biznes-rejasini tasdiqlash”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

1. Bankning 2021 yil uchun biznes-rejasi tasdiqlansin.

2. Bank Kuzatuv kengashi va bank Boshqaruvi zimmasiga 2021 yil uchun tasdiqlangan biznes-rejada belgilangan barcha ko‘rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin va tashqi audit xulosasi taqdim etilgandan so‘ng, biznes-rejaga o‘zgartirish zarur bulganda, qayta kurib chikilgan bankning biznes-rejasini aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritilsin.

 

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

 “Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

1. Bank Kuzatuv kengashi a’zolari quyidagi tarkibda saylansin:

Ishmetov Timur Amindjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri;

Boboev Adiz Muzafarovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari;

Zaynutdinov Sirojiddin Sayfutdinovich - Rossiya Federatsiyasi “Gruppa ILIM” aksiyadorlik jamiyati Ichki audit bo‘yicha Vitse Prezidenti – mustaqil a’zo;

Kayzer Nasim - Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (Jaxon banki guruhi) bank xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli texnologiyalardan joriy etish bo‘yicha rahbar – mustaqil a’zo;

Rodjer Dj Tomson – Buyuk Britaniyaning London shaxridagi “SayeNvest Capital Advisory” kompaniyasi Strategik maslahatchi - Kapital bozori rahbari - mustaqil a’zo

Styuard Louson – Moskvadagi “UK Business Centre” Ijro etuvchi direktori va Rossiya-Britaniya Savdo palatasi Kuzatuv kengashi a’zosi – mustaqil a’zo;

Ibragimov Djamol Kamilovich – Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

2. Bank Kuzatuv kengashi zimmasiga bankning oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash va moliyaviy barqaroriligi ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – ­­­4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

 “Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

  1. Bank Taftish komissiyasi a’zolari quyidagi tarkibda saylansin:

Sabirov Nazimjon Madaminovich – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, departament direktori;

Sayfutdinov Sherxon Safarbaevich – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, bo‘lim boshlig‘i;

Nabiev Xisrav Orifjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, bo‘lim boshlig‘i.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

 “Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash”.

 

Umumiy yig‘ilish qarori:

1. Bank Boshqaruvi tomonidan taklif etilgan bankning yangi tashkiliy tuzilmasi
ma’qullansin va tasdiqlansin.

2. Bank Boshqaruvi zimmasiga bankning tarkibiy tuzilmalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha bank aksiyadorlarini belgilangan tartibda bir oy muddat ichida xabardor qilish vazifasi yuklatilsin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

 

 “Kuzatuv kengashining umumiy va har bir a’zosining 2020-2021 korporativ yildagi faoliyati baholash natijalarini ko‘rib chiqish”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

1. Bank Kuzatuv kengashining umumiy va har bir a’zosining 2020-2021 korporativ yildagi faoliyati baholash natijalari ma’lumot uchun qabul qilinsin va Nizom talablari asosida hisob-kitoblar amalga oshirilishi belgilansin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” – 4 230 911 950 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.

 

 “Pandemiya sharoitida bank tomonidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, kreditlar uchun yaratilgan qo‘shimcha zaxiralar va ba’zi muddatlari uzaytirilgan kreditlar bo‘yicha bank Boshqaruvining hisobotini eshitish va ma’qullash”.

Umumiy yig‘ilish qarori:

  1. Pandemiya sababli kreditlar uchun yaratilgan qo‘shimcha zaxiralar va ba’zi muddatlari uzaytirilgan kreditlar masalasi Kuzatuv kengashining 2021 yil 31 martdagi
    2-sonli majlisi kun tartibida ko‘rib chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Bank Boshqaruvining pandemiya sharoitida bank tomonidan amalga oshirilgan ishlari, jumladan, kreditlar uchun yaratilgan qo‘shimcha zaxiralar va ba’zi muddatlari uzaytirilgan kreditlar bo‘yicha hisoboti ma’qullansin.
  3. Bank Boshqaruvi zimmasiga kelgusida pandemiya sababli yaratiladigan zaxiralar bo‘yicha aniq ma’lumotlar hamda kredit portfelidagi harakatsiz kreditlar (NPL) ko‘rsatkichini prognozlashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining muhokamasiga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.

Ovoz berish natijalari:

“Rozi” –  4 230 911 952 ta ovoz, “Qarshi” – 0 ta ovoz, “Betaraf” – 0 ta ovoz.