
Axborot xizmati
Markazlashgan ma'lumotlar to'plami
Bank ustav kapitalini oshirish bo‘yicha:
Xalq bankining ustav kapitali 2021 yilda 3,2 trln so‘mga oshib,
2022 yil 1 yanvar holatiga 7,4 trln so‘mga yetdi.
Xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha:
Sberbank kartalaridan Xalq banki kartalariga Rossiyaning istalgan hududidan “Sberbank-onlayn” mobil ilovasi orqali “24/7-rejimida” xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
“Call center” aloqa markazi bo‘yicha:
Aholi va yuridik shaxslar uchun Xalq bankining “Call center” aloqa markazida tashkil etilgan “71 210 – 20 – 02” yoki qisqa raqamli “11 – 06” – “Ishonch telefonlari” “24/7”-rejimida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivojini inobatga olgan holda, fuqarolarimizga yanada qulayliklar yaratish maqsadida “@HR_XalqbankiCallBot” boti ishga tushirildi.
Pensiya to‘lovi bo‘yicha
Xalq banki tomonidan pensionerlarga pensiya mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha arizalarni Pensiya jamg‘armasiga bormasdan bank filialiga topshirish yo‘lga qo‘yildi.
Ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha:
Xalq banki tomonidan fuqarolarga farzandi tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali “suyunchi puli”ni olish tizimi joriy etildi.
“Oilaviy tadbirkorlik” davlat dasturi bo‘yicha:
“Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarda inson omilini kamaytirish uchun yagona elektron platformasi (oilakredit.uz sayti) ishga tushirildi va ushbu platforma orqali 6 583 nafar fuqaroga 163 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha:
Xalq banki tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ish yuritilishini ta’minlash, korrpsion holatlarni oldini olish maqsadida “Tezkor xabar” mobil ilovasi ishga tushirildi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash bo‘yicha:
Xalq banki tomonidan xlotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularni tadbirkorlikka jalb etish va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari orasida birinchi bo‘lib Boshqaruv raisi o‘rinbosari va har bir hududiy va tuman (shahar) filialida ayol o‘rinbosarlar lavozimlari joriy etildi.