Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img
img

Xalq banki bugun

Xalq bankining missiyasi – taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami hamda hajmlarini kengaytirish va ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali O`zbekistondagi yetakchi universal bank bo’lish

    Atabayev Shuhrat Xaldarovich

     

    Boshqaruv Raisi

     

    2021-yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

     

    Atabaev Shuhrat Xaldarovich 1978-yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan.

     

    Vazifasi

     

            Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish, bank Boshqaruvi, Ijro nazorati departamenti, Bank brendi va axborot xizmati, Yuridik departamenti, Xodimlami boshqarish departamenti, Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti, Birinchi bo‘lim, Ichki nazorat va komplayens departamenti, Ichki audit departamenti, Strategiya departamenti hamda Korporativ maslahatchi va Korporativ boshqaruv xizmati faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.

     

     

    MEHNAT FAOLIYATI

     

     

    1995-1996 yy

    Navoiy viloyati 14-umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchisi

    1996-2000 yy

    Toshkent moliya instituti talabasi

    1998-2000 yy

    Toshkent davlat texnika universiteti “Kamolot” jamoat markazi bosh hisobchisi

    2000-2004 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti Pul-kredit tahlili va dasturlash bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi

    2004-2006 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat va iqtisodiy tahlil departamenti Pul-kreditni dasturlash va bank tizimi likvidligini tahlil qilish boshqarmasi Pul-kreditni tahlili va dasturlash bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i

    2006-2009 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat departamenti direktori o‘rinbosari

    2009-2010 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyuta ayirboshlash operatsiyalari maxsus boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i

    2010-2014 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti direktori

    2014-2015 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya-iqtisod departamenti direktori

    2015-2017 yy

    Xalq banki Boshqaruv Raisi o‘rinbosari

    2017-2018 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi o‘rinbosari

    2018-2021 yy

    “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi Raisi

    2021-2021 yy

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari

    2021–h.v.

    O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi