Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

🟢 Chet el valyutasi bank kartalaridagi CVV kod (Card Verification Value) - onlayn tranzaksiyalarni tasdiqlash uchun ishlatiladigan bank kartalaridagi qo'shimcha xavfsizlik kodi. 

 

🟢 U kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan uch xonali raqam (kod). Qoidaga ko‘ra, CVV kod kartaning orqa tomonidagi 7 ta raqamning ohirgi 3 ta raqami. U onlayn to'lovlarni amalga oshirish paytida firibgarlikdan qo'shimcha himoya sifatida xizmat qiladi.

 

CVV kodining asosiy xususiyatlari:


✔️ CVV kodi foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi
✔️ CVV kodi faqat onlayn to'lovlar uchun ishlatiladi
✔️ Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida CVV-kodni uchinchi shaxslarga ma'lum qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki bu ma'lumotlar bilan kartani internet orqali boshqarish mumkin
✔️ Kod kartaning amal qilish muddati tugaguncha faol bo'ladi. Karta almashtirilganda, CVV kodi ham o'zgaradi
✔️ CVV kodi asosan onlayn to'lovlar va karta jismoniy taqdim etilmaydigan operatsiyalar uchun ishlatiladi. Bu xaridor haqiqatan ham kartaga ega ekanligini tasdiqlashga yordam beradi