Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Kredit va qarzning bir-biridan farqi nimada?

 

Ba'zilar kredit va qarzni sinonim sifatida tushunadi. Biroq, amalda ular o'rtasida farqli jihatlar bor. 

 

✅ Qarz – bu muayyan muddatga qaytarish sharti bilan berilgan pul, buyum yoki xizmat uchun to'lovni amalga oshirish majburiyati.

✅ Kredit – kredit tashkilotlari va bank tomonidan mablag‘larni ma’lum muddatga, qaytarish sharti bilan ajratiladigan qarz. Kreditdan foydalanuvchi olingan kreditni grafikka asosan, foizlari bilan to'lash majburiyatini oladi.
                                              

Kredit munosabatlari 5 tamoyilga asoslanadi:


🗣 Maqsadlilik – olingan kredit ma’lum maqsadga  yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Bu maqsad kredit beruvchi va kredit oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomada o’z aksini topadi.

🗣 Muddatlilik – kreditning ma’lum muddatga berilishi. U qisqa va uzoq muddatli bo’ladi va bu  davr shartnomada ko'rsatiladi. 
  
🗣 Qaytarishlik – kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit ajratgan tashkilot hisobiga pul ko'chirish yo'li bilan qaytarish. Kreditor shu yo‘l orqali kredit resurslarini qaytadan shakllantirib boradi.
                                                                                             
🗣 To‘lovlilik – foydalanilgan qarz mablag’ini o'zinigina emas, kredit uchun hisoblangan foiz to'lovi bilan to’liq qaytarilishini ifodalaydi.  

🗣 Ta'minlanganlik– kreditor manfaatlarini himoya qiluvchi tamoyil bo'lib, uning keng tarqalgani – garov. Garovning quyidagi turlari mavjud:
– garov majburiyati sifatida rasmiylashtirilgan moddiy boylik
– to'lovga qodir yuridik va jismoniy shaxs kafilligi

 

Ta’minlanmagan kreditning ajratilishi uning qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi.