logo

"#Biznes_maslahat"

 

Biznes_maslahat

 

G‘oyalarini biznesga aylantirishni xohlaganlar ko‘p. Lekin  tadbirkorlikni boshlash istagidagilarning aksariyatida rasmiy biznes yuritish bo'yicha qo’rquvlar bo’ladi. 

 

Bu qo’rquvlar tashabbuskor rasmiy biznes yuritish bo’yicha yetarli ma’lumotga ega emasligidan kelib chiqadi. 

 

Bizning yangi "Biznes maslahat" ruknimiz tadbirkorligini boshlash istagi bor, g‘oyalari ham ko‘p, biroq birinchi qadamni nimadan boshlash kerakligini bilmayotganlar, shuningdek, o'z biznesini kengaytirish va yanada rivojlantirish istagidagi tadbirkorlar uchun ham foydali qo'llanma bo'ladi. 

 

Unda biznesni ro’yxatdan o’tkazishdan boshlab soliq turlari haqida barcha zarur ma’lumotlar berib boriladi. 

 

Demak, dastlabki biznes maslahatimiz O'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni tashkil etish haqida.

 

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs - mustaqil ravishda daromad keltiradigan faoliyat bilan shug'ullanadigan jismoniy shaxs. 

 

Yo'lovchi tashish (taksi xizmati), sartarosh, repetitor va yana boshqa 103ta faoliyat turi (https://lex.uz/docs/-4849607#-4850688) bilan band bo'lganlar o‘zini-o‘zi band qiluvchilar hisoblanadi.

 

Qulayliklari: 


✅ Uy sharoitida ham tadbirkorlik yuritish imkoniyati
✅ Mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati
✅ Ro‘yxatdan o‘tishning bepulligi
✅ 100 mln so‘mgacha daromad qilganda soliq to‘lanmaydi

 

Ro'yxatdan o'tish jarayonlari:

 

Onlayn – Soliq  mobil ilovasi yoki my.gov.uz  portalida Elektron raqamli imzo (ERI) orqali (video)

 

Oflayn – Davlat xizmatlari markazlarida pasport (ID-karta) orqali

 

Guvohnoma – O‘zini o’zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida QR-kodli (to‘lov talab etilmaydi)

 

Mehnat stajini hisoblash uchun ijtimoiy soliq miqdori:
Yiliga BHMning 1 barobari miqdorida

 

O‘zini o'zi band qilgan shaxslar 1 yilda 100 (yuz) million so‘mgacha daromad ko‘rsa, daromad solig‘idan ozod etiladi.

 

Daromad 1 yilda 100 (yuz) million so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi  quyidagi tartibda soliq to‘laydi (pdf ssilkasi)

 

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar xodim yollash huquqiga ega emas.

 

Pdf shaklida yuklab olish