Mablag‘ni depozitga qo‘ygan yaxshiroqmi yoki omonatga?
❓Ularning bir-biridan farqi mavjudmi?
🏦Banklarga qo‘yiladigan depozit (omonat) foizlari hamma joyda bir xilmi?
💰Depozit (omonat) qo‘yishning afzalliklari nimalardan iborat?
Aslini olganda depozit va omonat bir xil tushuncha lekin uni qo‘llanilishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
💰Depozit (omonat) – bu mijozlarning banklardagi pul mablag'laridir. Ma'lum bir foyda olish yoki pulni saqlash maqsadida banklarga qo'yiladigan pullar hisoblanadi.
👤 Jismoniy shaxslar (aholi)ning banklarga qo‘ygan pullari omonatlar, 💼 yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar)ning banklardagi pul mablag‘lari esa depozit deb ataladi.
Depozit (omonat)chining bankda saqlayotgan pul mablag‘laridan foydalanilganligi uchun to‘lanadigan haq – foizlar hisoblanadi. Depozit (omonat)lar bo‘yicha stavkalar muddat va depozit (omonat) valyutasiga bog‘liq ravishda bir-biridan farqlanadi. Turli banklarda va vaqtning turli jabhalarida depozit (omonat)lar bo‘yicha foiz stavkalari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Pulni uyda “oltin sandiqcha”da saqlab, uni ko‘payishini kutgandan ko'ra banklarda saqlash bir qancha afzalliklarni taqdim etadi:
-Depozit (omonatga) qo‘yilgan jamg‘arilmalar qo‘shimcha daromad keltirishi hisobiga inflyatsiyadan himoyalangan bo‘ladi.
-Pullaringiz xavfsizligi hamda ishonchli sug’urtalanganligi ta’minlanadi.
Xalq bankida mavjud omonatlar haqida ma'lumotlar: