Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Hozirgi kunda firibgarlar tomononidan turli xil yo‘llar bilan fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘lar o‘zlashtirilishi dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda. Bunday firibgarlikning eng ko‘p uchraydigan turi “Fishing” bo‘lib, bunda firibgarlar fuqarolarning bank kartalari ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Fishing — bu firibgarlik turlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlari — bank  karta ma’lumotlari, login va parollar, bir marttalik tasdiqlash kodlari yoki shu kabi shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishdir.

 

“Fishing”ga misollar:

 

Telefon qo‘ng‘iroqlari orqali banklar yoki to‘lov tizimlari (Click, Payme) nomidan (fuqaro kartasiga boshqa qurilma orqali kirish amalga oshirilganligi haqida yolg‘on ogohlantirishlar) firibgarlar tomonidan bank karta ma’lumotlari yoki sms-xabarnomada kelgan tasdiqlash kodini so‘rash holatlari;

Ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook) orqali imtiyozli yoki foizsiz kreditlar taklifi bilan turli xil soxta saytlar havolasi yoki ilovalarni tarqatish orqali firibgarlar tomonidan bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish holatlari;

Quyida soxta va rasmiy havolalarga misollar keltirilgan:

Soxta havolaga misol: https://president-uz.copihup.site/250282885

 

Rasmiy havola: President.uz

 

Shuningdek, boshqa turli xil yo‘llar bilan bank karta ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish  maqsadida siz bilan bog‘langan shaxslarga ishonib qolmang!

 

Firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:

 

❗️ Bank kartangiz ma’lumotlari, telefoningizga kelgan bir martalik maxfiy SMS-kodni begonalarga bermang

❗️ Bank kartangiz suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmang

❗️ Bank kartalari orasidagi o'tkazmalarni mobil ilovalardagi QR-kod orqali amalga oshiring

❗️ Shubhali veb-saytlarga karta ma’lumotlaringizni kiritmang

❗️ Har qanday xabarni rasmiy manbadan tekshirib, aniqlik kiriting

❗️ Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, turli saytlardagi shubhali havolalarga hech qachon kirmang

Unutmang! Bank xodimlari hech qachon sizning karta raqamingiz va telefoningizga kelgan sms-kodni so‘ramaydi!

 

 

Firibgarlik holatiga duch kelsangiz, bankning ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, kartangizni darhol bloklating va tegishli organlarga xabar bering.