logo

Firibgarlardan ehtiyot bo`ling

 

So‘nggi vaqtlarda kiberfiribgarlik bilan bog‘liq holatlar tez-tez kuzatilayotganligi sabab moliyaviy savodxonlikni oshirish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. 


Hurmatli mijozlar, shaxsiy ma’lumot va moliyaviy aktivlaringizga tahdidlarni oldini olish maqsadida quyidagi muhim tavsiyalarga amal qiling:

 

• Shubhali xabar va elektron pochta jo‘natmalariga munosabat bildirmang! Sizga noma’lum manbalardan kelgan xabarlarga javob bermang, havolalarni ochmang. Bank hech qachon mijozdan SMS kod yoki elektron pochta orqali parol va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydi;


• Parolingizni himoya qiling! Parolingizni muntazam o‘zgartirib turing va uni hech kimga aytmang. Ishonchli parol tanlang: unda katta va kichik harflar, raqamlar va maxsus belgilardan foydalaning;


• Internetdan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qiling! Har qanday xabarni rasmiy manbasidan tekshiring. Shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlaringizni noma’lum saytlarga kiritmang;


• Moliyaviy amaliyotlaringizni doimiy kuzatib boring! Hisobingizda har qanday shubhali tranzaksiyalarni darhol tekshiring. Agar noma’lum yoki shubhali harakatlarni sezsangiz, tegishli idoralarga murojaat qiling.

 

Xavfsizligingiz biz uchun muhim!