JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami. Ushbu unikal raqam har bir O'zbekiston fuqarosiga tug'ilganda beriladi va umrining oxirigacha o'zgarishsiz qoladi.
➡️ Fuqarolik pasportining asosiy sahifasi quyi qismidagi raqamlarning jins indeksidan (erkaklar 3, ayollar 4) boshlab 14 tasi JSHSHIR raqami hisoblanadi (ID kartaning orqa sahifasida 14 ta raqamning o'zi ko'rsatiladi).
➡️ Shuningdek, JSHSHIR raqami tug'ilgan vaqt, shahar kodi, fuqaroning tartib raqami, nazorat raqamini o'z ichiga oladi.
❓ JSHSHIR nega kerak?
JSHSHIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa xizmatlar ko'rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.
🔵 Shaxsiy identifikatsiya: JSHSHIR shaxsning turli ma'lumot bazalari va hujjatlarini aniqlashga yordam beradi.
🔵 Moliyaviy operatsiyalar: bankda hisob raqam ochishda, kredit olishda, pul o'tkazmalarini amalga oshirish va boshqa moliyaviy operatsiyalarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami kerak bo'ladi.