
Tashqi iqtisodiy faoliyat
Xalq bankidagi tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalari bo’yicha umumiy ma'lumot
Konvertatsiya
Chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash (birja kursi bo’yicha). Bank tarifida ko'rsatilgan xizmat xaqqi. Mijoz xisob raqamidagi mablag'larni O'zbekiston Resbuplikasi birja kursiga muvofiq AQSh dollari, Yevro xamda Rossiya rubli sotib olish imkoniyatlari mavjud. Konvertatsiya ariza berilgan kunning o'zida amalga oshiriladi. Mablag'lar birjaga chiqarilmasdan bankning o'z pozitsiya xisob raqamidagi mablag'dan konvertatsiya qilininishi. Konvertatsiya miqdori qancha ko'p bo'lsa, bank xizmati shuncha kamayadi! (tarif asosida) 1. 0 dan 5 000 gacha - 100 000 so’m. 2. 5000 dan 100000 gacha - bitim summasidan 0,2%. 3. 100 000 dan 500 000 gacha - bitim summasidan 0,15%. 4. 500 000 dan yuqori - 0,10%.

Konversiya
Bir xorijiy valyutani ikkinchi bir xorijiy valyutaga ayirboshlash: bitim summasidan 0,1%.

SPOT
Xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash: bitim summasidan 0,1%. Mijoz xisob raqamidagi mablag' O'zbekiston Respublikasining birja kursi asosida ayirboshlanadi. Ko'p miqdorda eksport qiluvchi mijozlar uchun aloxida “Exclusive plus” tarif rejasi mavjudligi.

SVOP
Xorijiy valyutadagi mablag'ni ma’lum muddatdan so'ng qayta sotib olish sharti bilan milliy valyutaga ayirboshlash.

SWIFT
Xorijga mablag'larni ko'chirish. Dunyoning istalgan burchagidagi yangi bozorlarga kirish imkoniyati va istalgan xorijiy yetkazib beruvchi va xaridorlarga tez va sifatli mablag'larni o'tkazish. Mablag'larni kun davomida xorijiy hamkor xisob raqamiga o'tkazilishini taminlash.

Akkreditiv
Eksportyor va importyor o’rtasida ishonchsizlik yuzaga kelganda o’rtadagi bankdan xisob raqam ochish: akkreditiv ochish - akkreditiv summasidan 0,4%. Dunyoning istalgan burchagidagi yangi bozorlarga kirish imkoniyati va istalgan xorijiy yetkazib beruvchi va xaridorlarga tez va sifatli mablag'larni o'tkazish. Mablag'larni kun davomida xorijiy hamkor xisob raqamiga o'tkazilishini taminlash.
