Qoraqalpog‘iston mamlakatimiz shimoli-g‘arbida joylashgan respublikaning eng yirik hududlaridan hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu yerda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari hudud aholisining turmush darajasi va sifati yaxshilanishiga sabab bo‘layotgani, ayni haqiqat.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki tomonidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi yangi ish o‘rinlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yillik 14% stavkada 6 oy imtiyozli davr bilan 36 oygacha muddatga imtiyozli kredit ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur kredit Nukus shahrining 7 ta mahallasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi orqali kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirishga qaratilgan.