Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img

Xalq banki

Maxfiylik siyosati

Tezkor Xabarmobil ilovasidagi Mijoz haqidagi shaxsiy malumotlarning

Maxfiylik Siyosati

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining “Tezkor Xabar” mobil ilovasidagi Mijoz haqidagi shaxsiy ma’lumotlarning Maxfiylik Siyosati (keyingi o‘rinlarda – Maxfiylik Siyosati) – Foydalanuvchi tomonidan “Tezkor Xabar” mobil ilovasidan foydalanishi vaqtida u tomonidan yuborilgan xabarni Bank tomonidan uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi va maxfiyligini ta’minlashga nisbatan amal qiladi.

 

2. “Tezkor xabar” mobil ilovasidan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Maxfiylik Siyosatiga va unda ko‘rsatilgan Foydalanuvchi qurilmasidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligini bildiradi. Maxfiylik Siyosatiga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi mobil ilovadan foydalanishni to‘xtatishi kerak.

 

3. Ushbu Maxfiylik Siyosati faqat “Tezkor xabar” mobil ilovasiga nisbatan amal qiladi. Agar ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish (berish) Foydalanuvchi “Tezkor xabar” mobil ilovasidan havolalar orqali o‘tishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxs resursida amalga oshirilgan bo‘lsa, Bank Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxsga uzatilgan (berilgan) axborotni (uning uzatilish (berish) oqibatlarini) nazorat qilmaydi va uning uchun javobgar bo‘lmaydi.

 

4. Mazkur Maxfiylik Siyosatida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

 

          Maxfiylik Siyosati – “Tezkor Xabar” mobil ilovasidagi Mijoz haqidagi shaxsiy ma’lumotlarning Maxfiylik Siyosati 

"Tezkor xabar" mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda – “Ilova”) – Bank mijozlari tomonidan Bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida va Bank xodimlarining o‘z funksiya hamda vazifalarini bajarishda yuzaga kelayotgan korrupsion holatlar yoki qonun buzilish holatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi, aksiyadorlik-tijorat
Xalq bankiga tegishli dasturiy ta’minot.

 

Foydalanuvchi – Ilova orqali Bankdagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs;

Konfidensiallik – Ilovaga kelgan xabarlardan foydalanishga ruxsat berilgan Bankning barcha vakolatli shaxslari ushbu xabarlarni vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga oshkor qilmaslik. 

Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

Korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;

Konfidensial axborot – qonun hujjatlariga muvofiq foydalana olish cheklanadigan hujjatlashtirilgan axborot;

Konfidensial axborotni oshkor qilish – har qanday shakldagi konfidensial axborot (og‘zaki, yozma, boshqa shaklda, shu jumladan texnik vositalardan foydalangan holda) axborot egasi yoki konfidentning roziligisiz yoki mehnat shartnomasi (kontrakti)ga yoxud fuqarolik-huquqiy shartnomasiga zid holda uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lishi natijasidagi harakat yoki harakatsizlik.

 

2-bob. Maxfiylik Siyosatining predmeti

 

5. Maxfiylik Siyosati Foydalanuvchi tomonidan Bankka taqdim etilgan va/yoki Bank tomonidan Foydalanuvchi qurilmasidan uning ruxsati bilan olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik va maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha Bankning majburiyatlarini tashkil etadi.

 

6. Agar, Foydalanuvchi o‘z xabarini yuborganligi haqida boshqa xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga o‘z xohishiga ko‘ra, jumladan, ehtiyotsizligi natijasida oshkor qilgan bo‘lsa, Bank uning oshkor bo‘lishiga javobgar bo‘lmaydi.

 

3-bob. Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini muhofazalash uchun qo‘llaniladigan choralar

 

7. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishda Ilova ularning xavfsizligini ta’minlaydi va ularga noqonuniy yoki tasodifiy kirishdan, shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish, o‘zgartirish, nusxa ko‘chirish, tarqatish va bunday ma’lumotlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini amalga oshiruvchi himoyaning qo‘shimcha choralarini, standartlarini tatbiq qilish yo‘li bilan ichki tashkiliy-idoraviy hujjatlarni himoyalash uchun zaruriy tashkiliy va texnik choralarni amalga oshiradi.

 

8. Ilova Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini muhofazalashda va ishlov berilishida O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga, “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunga asosan hamda shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

 

4-bob. Maxfiylik Siyosatini o’zgartirish. Qo’llaniladigan qonunchilik

 

9. Ilova Maxfiylik Siyosatiga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritishni Foydalanuvchiga taklif qilishga haqli. Bunday taklifni Foydalanuvchi tomonidan qabul qilinishi yangi shartlarda Ilovadan foydalanish bo‘yicha konklyudent harakatlar hisoblanadi.

 

10. Maxfiylik Siyosati, Foydalanuvchi va Ilova orasidagi munosabatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash sohasida munosabatlarni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar qo’llaniladi.

 

5-bob.  Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish masalasi bo‘yicha Foydalanuvchi bilan o‘zaro harakatlar

 

11. Mazkur Ilovaga nisbatan qo‘shimcha yoki takliflar info@xb.uz elektron manzilga yuborilishi mumkin.

 

12. Ilova mazkur Maxfiylik Siyosatining qoidalariga nisbatan munosabatlarga ega bo‘lmagan masalalarga javob bermaslikka haqli, bu Bankning kontakt ma’lumotlari bo‘limidagi manzillar bo‘yicha Ilovaning bunday masalalarini yuborish imkoniyatidan Foydalanuvchini mahrum qilmaydi.

 

6-bob. Yakuniy qoidalar

 

13. Bank ushbu Maxfiylik Siyosatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda Maxfiylik Siyosatning yangi tahririni Ilovada joylashtirib boradi.

 

14. Maxfiylik Siyosatining amaldagi tahriri bilan mustaqil ravishda muntazam tanishib borish Foydalanuvchining majburiyati hisoblanadi.

 

15. Agar Maxfiylik Siyosatining mazkur tahririda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Maxfiylik Siyosati Ilovada joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

 

16. Ushbu Maxfiylik Siyosatining, shuningdek, konfidensial axborotga kiritilgan ma’lumotlar bilan ishlashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat Ichki nazorat va komplayens departamenti zimmasiga yuklatiladi.

 

17. Mazkur Maxfiylik Siyosatining qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.