Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Joriy yilning 27 noyabr kuni “Kun.uz” internet nashrida chop etilgan Samarqand viloyati Xalq banki xodimi faoliyatida ro‘y bergan qonunbuzarlik holati xususida Bank brendi va axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: 

 

Haqiqatdan ham ushbu holat yuzasidan Urgut tuman Oqmachit MFY da yashovchi fuqaro B.M. Samarqand viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilgan.

2022 yil 21-noyabr kuni Samarqand viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX viloyat boshqarmasi va viloyat prokraturasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “MAKON MALL” savdo majmuasi avtoturargohi oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, AT Xalq banki Samarqand viloyat filiali Amaliyot bo‘limi yuristi T. Sh. ariza muallifidan kimyoviy ishlov berilgan 1950 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holar bo‘yicha T. Sh. ga nisbatan  JKnining 168-moddasi 3-qismi “V” bandi va JKning 211-moddasining 1-qismiga asosan ish ochilganligini ma’lum qilamiz.

 

Tafsilotlarga sud qaroridan so‘ng qaytamiz.

 

Ma’lumot o‘rnida, T. Sh. AT Xalq banki Samarqand viloyat Amaliyot bo‘limi yuristi lavozimida joriy yilning iyul oyidan ish boshlagan. Ushbu lavozimda ishlash jarayonida hatti-harakatida shubhali holatlar kuzatilmagan.

 

Qonunchilikka ko‘ra, tarqatilgan har qanday noqonuniy axborot/ma’lumotlar, da’vat, haqorat va tuhmat yuzasidan tegishli javobgarlik belgilangan. Davlat tashkilotining obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatilganda fuqarolar barcha uchun belgilangan umumiy normalar asosida javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Xalq banki faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha @xbcallsupport murojaatlar markazi va 1106, 71 210 20 02 ishonch raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.