Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan holat bo‘yicha Bank brendi va axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Murojaat mutasaddilar tomonidan o‘rganilganida Shohrux Sattorovning ayoli bola parvarishi uchun nafaqa puli olish uchun bank kartasiga ariza bergan. Xalq banki Shahrisabz filialida uzcard karta yetishmovchiligi sababli o‘z vaqtida ochib berishning imkoni bo‘lmagan. Murojaat kelib tushgandan so‘ng qisqa muddat ichida muammo bartaraf etilgan va mijozga bank kartasi ochib berilgan. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, Xalq banki faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha @xbcallsupport murojaatlar markazi va 1106, 71 210 20 02 ishonch raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.