Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Rasmiy munosabat

 

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan holat yuzasidan Bank brendi va axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. 

 

Holat mas'ullar ishtirokida o‘rganilganda, Korxona Orginfo.uz va Stat.uz saytlari orqali tekshirilib, uning rahbari X.A. ekanligi aniqlandi (X.A. «Kurbonboy Azimjon Azamat» OK ta’sischilari qatoridan 2023-yil 30-mart kuni o‘z xohishi bilan chiqarilgan va korxona ustavi qaytadan tuzilgan). X.A. «Lobaroy Gold Media» MCHJning yagona ta’sischisi va direktori hisoblanadi. Ushbu ikki korxona bir-biriga aloqadorligi aniqlangan (05.05.2023-yil holatiga). Hozirgi kunda oilaviy korxona rahbari X.A.Q. o‘g‘li hisoblanadi.

 

«Lobaroy Gold Media» MCHJga bank filiali tomonidan 2021, 2022 yillar davomida umumiy miqdorda 3,5 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratilganligi aniqlandi. Mazkur ajratilgan kreditlar bo‘yicha biznes reja ko‘rsatkichlari amalga oshirilmagan. MCHJ tomonidan taqdim qilingan biznes reja bo‘yicha 19 ta odam ish bilan ta’minlanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa ham amalda 5 ta odam ish bilan ta’minlangan. Faoliyat joyi ishga tushishiga qaramasdan umuman pul tushumlari bank hisob raqami orqali aylantirilmasdan, boshqa maqsadlarga sarflangan. Bugungi kunga kelib muddati o‘tgan kredit qarzdorligi va foizi jami 2 mlrd. 362 mln. so‘mni tashkil etadi.

 

Shunga qaramasdan, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida MCHJga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi tomonidan ajratilgan kredit muddati imtiyozli davri 12 oy muddatga, ya’ni, 2025-yil 21-iyunigacha uzaytirib berilgan. Shuningdek, MCHJ murojaati bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi topshirig‘i bilan X.A.ning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘yicha bank tomonidan sudga berilmasdan fuqaroga yana 3 oygacha muhlat berilgan.

 

Ajratilgan kreditlar bugungi kunda muammoga aylanganligi va kredit shartnoma shartlari doimiy tarzda buzilib kelayotganligi sababli muammoli kredit qarzdorligi bo‘yicha sudga berilib, Amudaryo tumani sudi tomonidan 2023-yil 17-aprel kuni AT Xalqbank Amudaryo filiali manfaatini ko‘zlab «Lobaroy Gold Media» MCHJ,  «Kurbonboy Azimjon Azamat» OK va garov mulk egalariga nisbatan kredit shartnomasi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan.

 

«Kurbonboy Azimjon Azamat» OK tomonidan taqdim qilingan 2023-yil 26-aprel kungi tuzilgan ijara shartnomasida Amudaryo tumani, Do‘stlik MFY, Matbuotchilar ko‘chasi 10 A-uyda faoliyat yuritishi ko‘rsatilgan. Mazkur bino «Lobaroy Gold Media» MCHJga ajratilgan kredit ta’minotida garovda turganligi sababli bu ijara joyi bo‘yicha kredit ajratish maqsadga muvofiq emas.

 

«Kurbonboy Azimjon Azamat» OKning loyihadagi o‘z ulushi mavjud emas. AT Xalq bank kreditlash tartibida: 
«Hududlarni va tarmoqlarni rivojlantirish doirasida investitsiya loyihalarini kreditlash ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘i hisobidan loyiha qiymatining 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdorida moliyalashtirgan taqdirda amalga oshiriladi»
 deb ko‘rsatilgan.

 

Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) kredit byurosi orqali olingan ma’lumotga ko‘ra «Kurbonboy Azimjon Azamat» OK kredit tarixi davomida 3 ta holatda muddati o‘tgan 90 kundan oshib kredit so‘ndirilganligini ma’lum qilamiz.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Kurbonboy Azimjon Azamat» Okga kredit ajratish imkonsiz.