Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo’yicha bo‘yicha Bank brendi va axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslardan qarzdorligi mavjud tijorat banklari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko’ra AT Xalq bankiga tegishli 5 mlrd 739 mln 199 ming 370 so‘m qarzdorlik mavjud.
Hozirgi vaqtda Bosh prokuratura tomonidan Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov xay’ati kassatsiya instansiyasining ajrimini bekor qilib, ish yangidan ko‘rish uchun sud appelyatsiya instansiyasiga yuborish bo‘yicha protest kiritilgan. Mazkur holat bo‘yicha sud natijasiga ko‘ra belgilangan tartibda qonuniy hal etilish ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bank faoliyati bo‘yicha har qanday ma’lumot yuzasidan 24/7 rejimida faoliyat yuritayotgan 1106 ishonch telefoni orqali bog‘lanishingiz, korrupsiya holatiga duch kelganda “Tezkor xabar” mobil ilovasi orqali murojaat qoldirishingiz mumkin.