logo

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo’yicha Bank brendi va axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Holat mas’ullar ishtirokida o‘rganilganda, bank mijozi "TO‘RAQO‘RG‘ON AGRO-MASH XIZMATI" MCHJ ga 05.08.2020-yilda tuzilgan kredit shartnomasiga asosan "Vektor-410" rusumli kombayn sotib olish uchun kredit mablag‘i ajratilganligi aniqlandi. 

Ajratilgan kredit mablag‘i o‘z vaqtida qaytarilmaganligi sababli Chust tumanlararo iqtisodiy sudining iqtisodiy ish qaroriga asosan kredit qarzdorligi kredit hisobiga sotib olingan Vektor-410 kombayniga qaratilgan. 

Vektor-410 kombayni e-auksion.uz platformasi orqali 2 marotaba sotuvga  chiqarilgan hamda mulk elektron savdo orqali sotilmaganidan so‘ng To‘raqo‘rg‘on tuman Majburi ijro byurosi tomonidan  joriy yil 22 yanvar sanasida bank balansiga olish bo‘yicha  taklif xati berilganligi ma'lum bo‘ldi. 

Bugungi kunda ushbu texnikani bank balansiga olish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilayotganligi sababli Vektor-410 kombayni bank binosiga olib kirish imkoni bo‘lmaganligi va bank mijoziga qarashli molxona bino-inshootiga vaqtincha saqlash uchun olib kelinganligi aniqlandi.     
   
Ushbu mulk bank balansiga to‘liq olinganidan so‘ng qayta sotish uchun  e-auksion.uz platformasi orqali qayta sotuvga chiqariladi. Ushbu mulkni  olish istagini bildirgan jismoniy hamda yuridik shaxslar hech  qanday cheklovlarsiz elektron savdoda ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, bank faoliyati bo‘yicha har qanday ma’lumot yuzasidan 24/7 rejimida faoliyat yuritayotgan 1106 ishonch telefoni orqali bog‘lanishingiz, korrupsiya holatiga duch kelganda “Tezkor xabar” mobil ilovasi orqali murojaat qoldirishingiz mumkin.