Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo’yicha Bank brendi va axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Xalq banki rasmiy xb.uz saytida 1106 va 712102002 ishonch telefon raqamlari ko‘rsatilgan. Telefon raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishda abonentdan pul yechilishi yoki yechilmasligini bank hal qilmaydi. Fuqaro qaysi uyali aloqa operatoridan foydalanishiga bog‘liq. Fuqaroning telefon raqamidan qo‘ng‘iroq uchun yechilgan mablag‘lar bank hisobiga kelib tushmaydi va bu bo‘yicha bankda alohida hisob raqam ham yuritilmaydi.
Hozirgi vaqtda Aloqa markazda qo'ng'iroqlar hajmi katta, shu sababli ayrim mijozlar uzoq vaqt kutib qolishi tabiiy holat. Lekin Aloqa markazi operatorlari kun mobaynida bog‘lana olmagan yoki qo‘ng‘iroq javobini kuta olmagan mijozlarga o‘sha kunning o‘zida 22:00 ga qadar qayta qo‘ng‘iroq amalga oshirishadi.
Eslatib o‘tamiz, 1106 va 712102002 ishonch telefon raqamlarimizdan tashqari telegram orqali @xbcallsupport ga onlayn va navbatsiz murojaat qoldirish imkoniyati mavjud.