Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan holat bo‘yicha Xalq banki axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

Murojaat mas’ullar ishtirokida o‘rganilganda Xalq banki Samarqand viloyati, Ishtixon tumani filiali mijozi fuqaro Z.H nomiga 12.07.2019-yilda tikuvchilik uchun noqonuniy kredit rasmiylashtirilgani va u javobgar shaxs T.M (ta'minotchi) tomonidan to'liq qoplangani aniqlandi.

 

Bundan tashqari, fuqaro Z.Hga 25.02.2019-yilda 6 500 000 so'mlik istemol krediti ajratilgan. Fuqaro tomonidan bugunga qadar ushbu kredit to'lovi grafik asosida o'z vaqtida amalga oshirib kelinmagan. Z.Hning qarzdorliklarini so'ndirish maqsadida avtomatik ravishda uning bank kartasidan 1 110 000 so'm yechib olingan va kredit qarzdorligiga yo'naltirilgan.

 

Xalq banki Samarqand viloyati, Ishtixon tumani filiali bilan J.Mahmudov MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Z. o'rtasida 04.12.2018-yili jami 16 500 000 so'mlik kredit rasmiylashtirilgan. Fuqaroning kredit qarzdorligi mavjudligiga qaramay  25.11.2022-yilda sobiq bank xodimi A.N tomonidan kredit to'liq qoplanganligi haqida noto'g'ri ma'lumotnoma berilgan. Fuqaro Z.Z. bu masalada prokuraturaga murojaat qilgan. Prokuratura tomonidan Xalq banki Ishtixon filialiga xizmat tekshiruvi o'tkazish uchun xat yuborilgan va ayni damda tekshiruv davom etmoqda. 

 

Eslatib o‘tamiz, Xalq banki faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha savol va takliflaringizni  murojaatlar markazi va 1106, 71 210 20 02 ishonch raqamlari orqali yo‘llashingiz mumkin.