Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Rasmiy munosabat 

 

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan holat bo‘yicha Xalq banki axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Holat mas’ullar ishtirokida o‘rganilganda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.G.ning nomiga bankning sobiq xodimi, hozirda jinoiy harakatlari uchun qamoq jazosini o'tayotgan S.P. tomonidan soxta hujjatlar bilan kredit rasmiylashtirilganligi va jinoyat yuzasidan sudning qarorida kreditni fuqaro J.G.dan undirilmaslik ko'rsatilganligi aniqlandi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Amudaryo tuman sudining 2-2305-2402/889-sonli hukmi bilan fuqaro J.G.ning kredit shartnomasi haqiqiy emas dep topilib kredit olmaganligi o'z isbotini topganligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababli, yuqoridagi asosli hujjatlar asosida avtopogasheniye orqali 10.12.2020-16.08.2024 yillardagi olingan pul mablag'larini fuqaro J.G.ning bank kartasiga qaytarib berilganligini ma'lum qilamiz

Eslatib o‘tamiz, Xalq banki faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha savol va takliflaringizni  t.me/xbcallsupport murojaatlar markazi va 1106, 71 210 20 02 ishonch raqamlari orqali yo‘llashingiz mumkin.