Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Rasmiy munosabat 

 

Renessans telekanali "Elchilik" ko'rsatuvida efirga uzatilgan holat bo‘yicha Xalq banki axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Holat mas’ullar ishtirokida o‘rganilganda,  fuqaro R.J. 15.03.2021 yilda parrandachilik yo'nalishida kredit olish maqsadida AT Xalq banki Toshkent viloyati O'rta-chirchiq filialiga murojaat qilganligi, mijoz va ta'minotchi o'rtasida 01.03.2021 yil sanasida shartnoma imzolanganligi va ushbu shartnomaga asosan ta'minotchi hisob raqamiga bank tomonidan kredit ajratib berilganligi aniqlandi.

Fuqaro R.J. tomonidan parrandachilik bo'yicha tuzilgan shartnomaga ko'ra ta'minotchining hisob raqamiga kredit mablag'ini o'tkazish uchun bankka rozilik xati berganligi, bank va ta'minotchiga e'tiorozi yo'qligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Xalq banki faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha savol va takliflaringizni  t.me/xbcallsupport murojaatlar markazi va 1106, 71 210 20 02 ishonch raqamlari orqali yo‘llashingiz mumkin.