Rasmiy munosabat
Facebook ijtimoiy tarmoqdagi postlarning birida e’lon qilingan holat bo‘yicha axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Holat mas’ullar ishtirokida o‘rganilganda, fuqaro Sh.D. AT Xalq banki Do'stlik BXM mijozi ekanligi ma'lum bo‘ldi. Fuqaro Sh.D.ga garov asosida 2022 yil 25 avgustdagi kredit shartnomasiga asosan 6.5% foizda Chorvachilik yo'nalishida 41 000 AQSH dollarida kredit mablag'i ajratilgan. Garovga ko'chmas mulk va 2 dona trasport vositasi qo'yilganligi aniqlandi.
Mijoz Sh.D. hozirgi kundan kreditning asosiy qarzdorligi kamayganligi sababli garovni qisman taqiqdan chiqarish bo'yicha bankka murojaat qilgan. Mijozning talablaridan kelib chiqqan holda mijozning hozirgi kundagi asosiy qarzi va muqaddam garovga qo'yilgan mulklar hisob kitob qilinib, to'lov qobiliyati o'rganib chiqildi. O'rganib chiqilgan natijalarga ko'ra mijozning ma'lum bir mulki garovdan chiqarildi va murojaati qanoatlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, bank faoliyati bo‘yicha har qanday ma’lumot yuzasidan 24/7 rejimida faoliyat yuritayotgan 1106 ishonch telefoni orqali bog‘lanishingiz, korrupsiya holatiga duch kelganda “Tezkor xabar” mobil ilovasi orqali murojaat qoldirishingiz mumkin.