logo

Rasmiy munosabat

 

"Zo‘rTV" telekanalida e’lon qilingan holat bo‘yicha Xalq banki Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.


Sirdaryo viloyati Xovos tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Gadoev Ilhom Allaberdiyevich tomonidan 2019-yilning 15-iyul sanasida Xalq banki Yangiyer shahar filialiga iste’mol kreditini rasmiylashtirish uchun ariza bilan murojaat qilingan. 


Fuqaro kredit shartnomasini rasmiylashtirish uchun garov ta’minoti sifatida ikki nafar kafil taqdim etgan. 2019-yil 15-iyul kuni kafillar ishtirokida iste’mol krediti shartnomasi rasmiylashtirilgan.


Bugungi kunga qadar mazkur kredit qarzdorligi uchun asosiy qarzdor va uning kafillaridan qisman undirilgan. Shuningdek, yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘liq undirish maqsadida, tegshli hujjatlarni sudga taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.


Shu bilan birga, asosiy qarzdor A.Gadoev va kafillar A.N hamda M.O.ning imzolari haqiqiy ekanligini aniqlash uchun hujjatlarni Yangiyer shahar IIBga o‘rganish uchun taqdim etish ishlari olib borilmoqda.