
"Sarmoya" muddatli depoziti
Yuridik shaxslar uchun xorijiy valyutadagi daromadli depozit
"Sarmoya" muddatli depoziti shartlari
"Sarmoya" muddatli depoziti kalkulyatori
Kerakli hujjatlar
Qo'shimcha shartlar
Depozit mablag'ini muddatidan avval yechish shartlari:
Mijoz depozitni olishni mo‘ljallayotgan sanadan bir oy oldin bankni xabardor qilishi shart. Depozitga hisoblangan foizlar depozitning (depozitning yillik foiz stavkasini 365 kunda bo‘lgan holda) haqiqatda bankda saqlangan davri uchun to‘lab beriladi.
Qo'shimcha mablag' kirim qilish mumkin
Depozit joylashtirish shakli:
masofaviy bank xizmatlari orqali.
Omonat ma'lumotlari
Xalq bankida omonatlaringiz kafolatlangan va himoyalangan
Omonatlarni yanada ishonchli saqlash maqsadida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida” yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq, endilikda bank omonatlari bo‘yicha quyidagi kafolatlar belgilandi:
• Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning omonatlari ham kafolat ostida bo‘ladi.
• Davlat tomonidan kafolatlanadigan maksimal summa 200 mln so‘m (foizlari bilan) etib belgilandi.
• Kompensatsiyalarni to‘lash muddati 83 kundan 20 ish kuniga qisqartirildi (bosqichma-bosqich 7 kungacha kamaytirish rejalashtirilgan).
Omonatlarni kafolatlashga faqat bank litsenziyasi bekor qilinganda zarurat tug‘iladi. Boshqa hollarda bank o‘z majburiyatlarini to‘liq bajaradi va omonatchilarning mablag‘larini saqlash hamda qaytarish bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Shuningdek, yangi qonun kuchga kirguniga qadar ochilgan barcha omonatlar, summasidan qat’iy nazar, davlat tomonidan to‘liq kafolatlanadi.

Himoya kafolati
Banklardagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan himoyalangan