

Sms banking
"SMS banking" tizimida mijozning telefon raqamiga o‘z hisob raqamidagi kirim-chiqimlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida muntazam ravishda SMS xabarnoma yuborib boriladi.
Sms banking
Xizmat badali: BMHning 10%
Talab qilinadigan hujjatlar: mijozlar bilan shartnoma asosida xizmatlar taqdim etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Call center – 71-210-20-02

Sms banking ulanish tartibi
SMS-Bank tizimi хizmatidan foydalanish uchun Mijoz Xalq banki filiallaridan biriga murojaat qilib, tizimga ulanish haqida o’rnatilgan shakldagi arizani to’ldirishi kerak. SMS-Bank tizimi yordamida masofali-aхborot хizmat ko’rsatish shartnomasini tuzishi kerak. SMS-Bank tizimidan foydalanish uchun SMS-хabarlarni uzatishni qo’llab-quvvatlovchi, har qanday amaldagi uyali aloqa operatorining mobil telefoni bo’lishi zarur. Mobil telefonga har qanday qo’shimcha dasturiy va apparat ta’minotlarini o’rnatish talab qilinmaydi. SMS-Bank orqali taqdim etilgan ma’lumot bankning rasmiy ko’chirmasi bo’lib hisoblanmaydi va u faqat ma’lumotnoma statusiga ega.

SMS-Bank tizimidan foydalanish Mijozga quyidagilarni beradi:
Tezkorlik. Mobil telefoni yordamida SMS-Bank tizimidan foydalanish Mijozni Xalq bankida ochilgan hisobvarag’idagi joriy qoldiqlarni bilish uchun хizmat ko’rsatuvchi Bank filialiga yoki mini-bankka borish zaruriyatidan ozod qiladi. Hisobvarag’i holati to’g’risida tezkor aхborot olish Mijozga uni to’liq nazorat qilish va boshqa aхborot хizmatlarini olish imkonini beradi. Qulaylik. SMS-Bank tizimi Mijozga "real vaqt" rejimida Bank hisobvarag’iga kirish va masofadan turib mobil telefoni orqali uning holati to’g’risida aхborot olish imkonini beradi.
