Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo
img

Ta’lim krediti

Oliy va professional ta'lim tashkilotlarida kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida o'qiydigan talabalar uchun ta'lim krediti.

Talaba xotin-qizlar uchun kredit foizsiz shartlarda ajtariladi.

Foiz stavkasi

13.5 %

Muddati

O'qish davri + 7.5 yil

Miqdori

To‘lov-kontrakt summasi miqdorida

Dastlabki to’lov

0%

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun — talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud talabalarga; Professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lgan o’quvchilarga.
img
Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan va o‘qishni ko‘chirgan yoki kunduzgi ta’lim shakliga o’qishga qabul qilingan talaba va o‘quvchilarga oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov kontrakt summasi miqdorida, Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. To’lov kontraktning 20 foizi talabaning o’z hisobidan amalga oshiradi.
img

Ta’lim krediti hisob-kitobi

Dastlabki to’lov
0 % 100 %
Kredit summasi
100 000 so`m 60 000 000 so`m
Muddati
1 oy 138 oy
  • Annuitet
  • Differensial
img

Ushbu hisob-kitoblar dastlabki xarakterga ega.Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.

Oylik to’lov

0 UZS/ ~ 0 kuniga

Yillik foiz stavkasi

13.5%

Dastlabki to’lov

0%

Muddati

0 oy

To'lov jadvali

Muhim shartlar

1
Talaba xotin-qizlar uchun foizsiz shartlarda kredit taqdim etiladi, hamda foiz to'lovlari (14%) O'zbekiston respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan to'liq qoplab beriladi.
2
Kredit toʼlovi differensial usulda amalga oshiriladi
3
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida talabaning o'qishi uchun ajratilgan ta'lim kreditlari bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobaridan oshganda mol-mulk garovi qo'yish orqali ajratiladi.
4
Kredit muddati: О‘quv yurtini tamomlaganidan sо‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida asosiy qarzni qaytarish sharti bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, kredit bо‘yicha foizlar kredit ajratilgan davrdan boshlab tо‘lab boriladi.
5
Krediti foiz stavkasi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida (26.07.2024 dan 13,5%)
6
Kredit bo‘yicha foiz stavkasining o‘zgarishi: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kreditlash stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, agar u oshsa, u o‘zgarishsiz qoladi.

Kredit ta'minoti

1
Jismoniy shaxs kafilligi ("Ijtimoiy himoya yagona reyestr" ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta'minotsiz)
2
Likvidlik mol-mulk garovi

Kerakli hujjatlar

img

Talaba va kafilning pasporti (ID karta)

img

To'lov kontrakt-shartnomasi

img

"Ijtimoiy himoya yagona reyestr"ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma

img

Garov ta’minoti hujjatlari (ta’minotga garov olingan taqdirda)

Kredit olish uchun nima qilish kerak?

1
Talim-krediti.mf.uz platformasi orqali ariza yuboring. Kredit arizangiz ma’qullangandan so’ng bankka tashrif buyuring
2
Аnderrayter qarorini kuting Kredit boʼyicha topshirilgan hujjatlar Аnderrayter tomonidan koʼrib chiqiladi
3
Kredit mablagʼlaridan samarali foydalaning Kredit qarzdorliklarini oʼz vaqtida soʼndirib boring

Kredit shartnomasi

img

Talim.pdf

301.95 kB
download
img

Siz uchun qulay bo'lgan istalgan vaqtda kreditlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiring

Hech qayerga borishingiz shart emas! Xazna ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.

imgimg