Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar, endilikda:
✅ 1 yil davomida debet aylanma va  oyiga 100 mln so‘mgacha bo‘lgan naqd pul chiqimi uchun bank tarifi 1 nafar qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratgan YaTTlar uchun bepul bo‘ladi;
✅ Amaldagi tijorat kreditlari foizlari 2 nafar qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratgan YaTTlar uchun 2 % bandga va 3-5 nafar qo‘shimcha ishchi o‘rni uchun esa 4 % bandga kamaytiriladi.
✅ 1 yil davomida tadbirkorlik subyektlariga korporativ kartalar bepul rasmiylashtiriladi.

 
* 2024 yil 1 apreldan keyin yaratilgan qo‘shimcha ishchi o‘rni hisobga olinadi. Ishchi o‘rni yaratilganligi Davlat soliq xizmati organida YaTT tomonidan yollangan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasi orqali o‘rganiladi.
* Kredit bo‘yicha imtiyozlar bankning tijorat kreditlari uchun amal qiladi va ijtimoiy dasturlar doirasidagi kreditlarga tadbiq etilmaydi.

Ushbu imtiyozlar Xalq bankida asosiy hisobvarag'i mavjud mijozlarga tadbiq etiladi.