«Xalq Mobile» ilovasidan foydalanish bo‘yicha
Ommaviy oferta
( «Xalq Mobile» ilovasidan foydalanish bo’yicha)
Ushbu hujjat Aksiyadorlik tijorat Xalq banki (keyinchalik - Bank) ning EMV karta egalari bo‘lgan jismoniy shaxslarga (keyinchalik - Foydalanuvchi) «Xalq Mobile» Ilovasidan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida shartnomani (keyinchalik - Shartnoma) imzolash uchun rasmiy taklifi (ommaviy oferta) dir.
Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan amallarni bajarish quyida keltirilgan shartlarga bo‘ysunishni bildiradi (Oferta aksepti). Oferta akseptidan boshlab Shartnoma imzolangan deb hisoblanadi.
Taraflar shartnomada nazarda tutilmagan barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ish olib borish qoidalariga muvofiq ravishda ish tutadilar.
ATAMALAR VA TA’RIFLAR
«Xalq Mobile» ilovasi - Foydalanuvchiga tovar va xizmatlar/ishlar yetkazib beruvchilarga onlayn rejimda haq to’lash, bank plastik kartalarini boshqarish, bir bank plastik kartasidan boshqasiga onlayn ravishda pul vositalarini o‘tkazish, shuningdek, ilova funksionalligida nazarda tutilgan boshqa amallarni bajarish imkoniyatlarini beruvchi dasturiy mahsulot, to’lov vositasi. Foydalanuvchi - EMV bank plastik kartasining egasi bo’lgan jismoniy shaxs.
AKSEPT (QABUL QILISH) TARTIBI
- Ushbu shartnoma Foydalanuvchi "Xalq Mobile" Ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishi bilan aksept qilinadi. Ilovadan iOS, Android platformalari orqali foydalanish mumkin.
- Quyida keltirilgan shartlarga rozi bo‘linmasa «Xalq Mobile» Ilovasidan foydalanmaslikni so‘raymiz.
SHARTNOMA PREDMETI
- Bank EMV plastik kartalari foydalanuvchilariga tovar va xizmatlar/ishlar yetkazib beruvchilarga onlayn rejimda haq to’lash, bank plastik kartalarini boshqarish, bir bank plastik kartasidan boshqasiga onlayn ravishda pul vositalarini o‘tkazish, shuningdek, ilova funksionalligida nazarda tutilgan boshqa amallarni bajarish imkoniyatlarini beruvchi «Xalq Mobile» ilovasini taqdim qiladi.
- Foydalanuvchilar uchun «Xalq Mobile» ilovasidan foydalanish bepul.
- «Xalq Mobile» ilovasi Foydalanuvchilarga pullik asosda taqdim qilinadigan ba’zi xizmatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday xizmatlar Foydalanuvchining xohishiga ko‘ra mustaqil ravishda xizmat tafsilotlari, uni taqdim qilish shartlari, foydalanish narxi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan ommaviy oferta bilan tanishib chiqilgandan so‘ng aktivlashtiriladi.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
- Bank majburiyatlari:
- - «Xalq Mobile» ilovasining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- ushbu Offertaning ajralmas qismi bo‘lgan «Xalq Mobile» ilovasining Maxfiylik siyosatiga muvofiq ravishda Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining sir saqlanishini ta’minlash;
- Foydalanuvchilarni, tovarlar va xizmatlar/ishlarni yetkazib beruvchi sifatida ish olib borayotgan Bank Hamkorlarini Bank yangiliklari, shuningdek, Ilovaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilib borish;
- Foydalanuvchining majburiyatlari:
- ushbu Oferta talablarini bajarish;
- Ilovaga kirishda foydalaniladigan qurilmaning axborot xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash;
- Ilovadan qonunga zid maqsadlarda foydalanmaslik.
- Bank Foydalanuvchini Bank sayti va ilova interfeysi axborot ma’lumotlari orqali xabardor qilish bilan bir tomonlama ushbu Offertaga o‘zgartirish huquqiga ega.
- Foydalanuvchi ilovada taqdim qilingan yetkazib beruvchilarning tovar va xizmatlar/ishlar uchun to‘lovlarni ixtiyoriy tarzda va ongli ravishda amalga oshiradi. Agar foydalanuvchi tomonidan buning aksi isbotlanmasa, uning mobil qurilmasidan foydalangan holda va Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishda uning akkaunti orqali bajarilgan barcha amallarga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.
- Foydalanuvchi ilovadan xatolik bilan amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilishga Bank majbur emasligini tasdiqlaydi, ammo texnik va yuridik imkoniyat bo‘lganida Foydalanuvchining Bank qo‘ng‘iroqlar markaziga (Qo‘ng‘iroqlar markazi 71 210 2002 yoki 1106 ) o‘rnatilgan tartibda yo‘naltirilgan so‘rovi bo‘yicha xatolik bilan amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilishi mumkin. Mazkur Ofertaning 3.3 - bandiga muvofiq ravishda ilovaga kiritilgan ba’zi xizmatlar bo’yicha to‘lovlar bekor qilinmaydi.
- Bank Foydalanuvchi ilova orqali kiradigan uchinchi shaxslarning saytlariga joylashtirilgan har qanday axborot va kontentga, shuningdek, uchinchi shaxslarning saytlarida aks ettirilgan har qanday fikr yoki so‘zlarga javobgar bo’lmaydi.
- 4.7 Mijoz tomonidan olingan kredit mablag’ini so’ndirish uchun mijoz nomiga ochilgan ish haqi plastik raqami biriktriladi va kredit bo’yicha hisoblangan foizlar hamda asosiy qarz, mijoz tomonidan qarzdorligini o‘z vaqtida so‘ndirilmagan taqdirda biriktirilgan kartadan akseptisiz yechib olinadi.
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
- Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki o‘rnatilgan tartibda bajarmaslik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda javobgar bo‘ladilar.
- Foydalanuvchi mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki o‘rnatilgan tartibda bajarmaslik natijasida o‘zida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘ladi.
- Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini himoyalanmagan ulanishlardan foydalanuvchi yoki zararli dastur va ilovalar xavfi ostida bo‘lgan qurilmaga kiritishda ularning saqlanishiga to‘liq javobgar bo’ladi.
- Bank Shartnoma shartlarining Foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda bajarilmaganligi uchun javobgar bo'lmaydi.
- Bank Foydalanuvchi mazkur Oferta, shuningdek ilovada aktivlashtirilgan pullik xizmatlar ofertalari shartlari bilan tanishib chiqmaganligi yoki o‘z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli unga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
- Bank o‘z nazorat sohasidan tashqarida bo‘lgan sabablar natijasida yuzaga kelgan Shartnoma shartlarining o’rnatilgan tartibda bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Bank nazorat sohasi faqat ilova ish qobiliyati bilan chegaralanadi va uchinchi shaxslar sababli yuzaga kelgan ishdan chiqishlar, davlat yoki sud hokimiyati organlari tomonidan o’rnatilgan cheklovlarni o‘z ichiga olmaydi.
- Tomonlar Shartnoma imzolanganidan keyin Tomonlardan biriga oldindan ma’lum bo‘lmagan va oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf qila olmagan favqulodda vaziyat (fors-major) natijasida Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki o’rnatilgan tartibda bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
SHARTNOMANING TUGATILISHI
- Foydalanuvchi ixtiyoriy vaqtda «Xalq Mobile» Ilovasida akkauntni o‘chirish orqali Shartnomaga amal qilishni rad qilishi mumkin.
- Shartnoma akkaunt o‘chirilishi bilan tugatilgan deb hisoblanadi. Mazkur Shartnomani tugatish bilan Ilova doirasida aktivlashtirilgan pullik xizmatlar bo‘yicha Shartnomalar tugatilmaydi.
KELISHMOVCHILIKLARNI KO‘RIB CHlQISH TARTIBI
- Mazkur Shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinchlik yo‘li bilan yoki Foydalanuvchining yozma murojaati asosida e’tiroz tartibida hal qilinadi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va uning tarkibiga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan aniqlanadi.
- Agar yuzaga kelgan nizo e’tiroz tartibida hal qilinmasa, u O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javobgarning manzili bo‘yicha idoraviy sudda ko‘rib chiqiladi.
BOSHQA SHARTLAR
- Taraflar shartnomada nazarda tutilmagan barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ish olib borish qoidalariga muvofiq ravishda ish tutadilar.
- Foydalanuvchi mazkur Ofertani aksept qilish bilan Shartnomaning barcha shartlariga roziligini tasdiqlaydi va ularni bajarish majburiyatini oladi.
BANK REKVIZITLARI
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki
Adres: 1OOO96, Uzbekistan Toshkent sh. , Qatartol ko‘chasi 46
MFO: O1125 INN: 2O7215726
OKONX: 9613O
Tel: (+998 71)21O-2O-O2;
Tel. tex.podderjki: (+998 78) 12O-17-85;