Qidiruv

×

Sayt rangi

Ovoz

Shrift

×

Main
Main
Main


Change language


For the disabled

Site color

Ovoz

Shrift

Yagona telefon raqami : (71) 210-20-02 Moliyaviy savodxonlik

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq- o‘tkazib yuborilgan imkoniyat!

05/10/2020

Xalq banki yana bir yirik kredit liniyasini jalb qilmoqda

Xalq banki ayni sababdan Germaniyaning jahonga mashhur “Deutche Bank AG”  banki bilan hamkorlik o‘rnatdi.  Binobarin,  bu mamlakatimizda investitsiyaviy  loyihalarni moliyalashtirish hamda chetdan sarmoyalar jalb qilish bo‘yicha tijorat banklariga yuklatilgan  vazifalar ijrosi bilan ham hamohangdir.

Aytish joizki, “Deutche Bank AG”  Frankfurt shahrida joylashgan, dunyo moliya bozorida 150 yillik tajribaga ega. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, mazkur bankning umumiy aktivlari 1,3 trln. yevroni tashkil etgan. Sayyoramizning 59 mamlakatida filiallari bor. Ular soni 1931 ta. Ana shu muassasalarda 87,5 ming nafardan ziyod xodimlari ishlaydi.

Xo‘sh, Xalq banki mazkur bank bilan hamkorlik doirasida dastlab qanday sa’y-harakatlarni amalga oshirdi? Gap shundaki,  joriy yil sentabr oyida ikki bank o‘rtasida 150 mln. AQSH dollarigacha miqdorda kredit olish yuzasidan istiqbolli bitim imzolandi.

Albatta, Xalq banki tashabbusi bilan. Hozir bitim doirasida 102,5 mln. AQSH dollari miqdorida maqbul foizlarda kredit mablag‘lari jalb qilinyapti.  Kelgusida yana 47,5 mln. AQSH dollarilik qismi ham o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: Xalq banki bu mablag‘larni nimalarga sarflamoqchi? Birinchi navbatda,  ushbu kredit liniyasi bank mijozlari, tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.  Masalan, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga 25 mln. AQSH dollari,  oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va go‘sht yetishtirish hajmini oshirishga ham shuncha mablag‘ ajratiladi.

Chunonchi, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani umumiy qiymati 5 mln. dollarlik istiqbolli loyiha ro‘yobga chiqarilishi natijasida yiliga 25 ming tonna bug‘doyni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilsa, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 5 mln. AQSH dollarilik kredit evaziga yillik quvvati 25 mln. donaga teng qop ishlab ishlab chiqarish texnologiyasi ishga tushiriladi. Shu bilan birga, Buxoro viloyatining Kogon tumanida 1,4 mln. AQSH dollari evaziga Ukraina davlatidan 1260 bosh naslli qoramollar keltirilib, bo‘rdoqichilik faoliyatiga kirishiladi. Xuddi shunday loyiha 520 bosh zotdor chorva mollarini Estoniya davlatidan olib kelish hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 523 ming AQSH dollari yo‘naltiriladi. Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida esa 645 AQSH dollari qiymatidagi kredit evaziga Rossiyadan 630 bosh naslli qoramollar xarid qilib, bo‘rdoqichilik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 52,5 mln. AQSH dollarlik sarmoya hisobidan  un, o‘simlik yog‘i, qizilmiya ekstrakti va paxta xom ashyosini qayta ishlash orqali yarim tayyor kalava-ip ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

Xususan, Toshkent viloyatida bank tomonidan ajratiladigan 500 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit hisobiga yiliga 5 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Eng asosiysi, moliyalashtirilgan loyihalar doirasida tayyorlangan mahsulotlarning aksariyati eksportga chiqariladi. 

Bank Axborot xizmati.

Obuna bo'lish
Kreditlar Mikroqarz Overdraft Iste'mol kreditlari Ipoteka kreditlari Ta'lim krediti Kredit karta COBAGING GOLD CREDIT CARD Pensiya overdraft kartasi Kobrending (rejali to'lov) kartasi Expat-car EXPAT HOME (ipoteka kredit) Trade-in (avtokredit) Avtokredit Yuk motosikllari uchun kredit Ipoteka kredit Online Nano kreditlari Imtiyozli kreditlar Taʼlim krediti (super kontrakt) Imkon talaba (Rejali toʼlov) "Travel" kredit kartasi "Student" kredit kartasi Madad krediti Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash Barakali hamyon Omonatlar Bolalar xazinasi Exclusive Exclusive-2 Stimul $ Stimul Online kopilka Barakali Expat-home Expat-home $ Expat-car Expat-car $ Aynan siz uchun-2 (100kun-230kun) Aynan siz uchun-2 (235kun-365kun) Aynan siz uchun-2 (370kun-495kun) Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Xazina-3 (Onlayn Xazina-3) Avtokredit Yangi uy poydevori Progressive Talab qilib olinguncha Talab qilib olinguncha $ Effective Online Effective Plyus bonus Stimul-2 Kids Capital Sarmoya Jozibali Online qulay Yanada qulay Yaxshi imkoniyat Yaxshi imkoniyat Mavsumiy Plastik kartalar UZCARD EMV plastik kartasi HUMO plastik kartasi Overdraft pensiya plastik kartasi UnionPay kobeyjing kartasi Visa Сlassic kartasi Visa Сlassic Exchenge kartasi Kredit karta “Rejali to‘lov” kobrending kartasi MIR kobejing kartasi “CORPORATE” va “BUSINESS” xalqaro korporativ kobeyjing bank kartalari kobejing kartasi “GOLD CREDIT” kobeyjing bank kartasi Overdraft pensiya Humo kartasi Oilaviy karta Student Card Interaktiv xizmatlar Interaktiv xizmatlar reglamenti Fuqarolar murojaatlari Mijozlar uchun qo‘llanmalar Elektron navbat QR-code xizmati Namunaviy hujjatlar shakli Foydali havolalar Online qabuliga yozilish Bank tarifi Uzpay to'lov tizimi Markaziy bank boshqaruv qarori №3030 Davomi Xalqaro pul o‘tkazmalari Lotereyalar Kommunal to‘lovlar Xalq Mobile Naqd pul yetkazib berish Pensiya Sayyor kassalarning mahallada pensiya tarqatish jadvali Overdraft plastik kartasi uchun ariza berish Pensiya va nafaqa toʼlovlari boʼyicha bankning tuman (shahar) filiallari ishonch telefoni
Murojaat yuborish