Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

    All news

    img

    “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025”

     

     

    Mahallalarda bank xizmatlari haqida  aholiga ma'lumot yetkazish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish va bandligini ta’minlashda “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi-agentlar” faoliyati muhim o‘rin tutadi.

    Xalq banki va Markaziy bank hamkorligida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ushbu tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichi g'oliblarni taqdirlash bo'lib o'tdi. 

    Tanlovning dastlabki bosqichida Toshkent viloyatidagi 67 nafar yordamchi-agent qatnashdi. Shulardan 14 nafari Xalq banki agentlari bo‘lib, ular o‘z faoliyati davomida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholiga bank mahsulotlarini targ‘ib qilish va yangi mijozlarni jalb etishda yuqori natijalarni qayd etishdi.

    Yakuniy natijalarga ko‘ra, 4 nafar Xalq banki yordamchi-agenti viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

    Tadbir so‘ngida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    img 10.10.2025
    img
    img

    O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi to‘g‘risida axboroti

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi


        PQ-5132-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarorlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rib kelinmoqda.

     

    Xususan, Xalq bankida ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida Ijro nazorati departamenti faoliyati tashkil etilgan.

     

        Bankda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishda xat, hujjatlarning elektron aylanishi yo‘lga qo‘yilgan, shu jumladan, bo‘linmalar o‘rtasida ichki elektron
    xat-hujjatlar almashinuv tizimi ichki Send me” elektron dasturi (keyingi o‘rinlarda – elektron dastur) orqali amalga oshiriladi.

     

    Bugungi kunda, ushbu elektron dastur orqali:

    - qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar kelib tushgan vaqtdan boshlab


    30 daqiqa mobaynida Ijro nazorati departamentining mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda rahbariyatga axborot berib boriladi;

     

    - rahbariyat bir kun muddatda mas’ul ijrochini belgilagan holda tegishli topshiriqlarni beradi;

     

    - belgilangan muddatlar doirasida mas’ul ijrochi tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar va hujjatlar rahbardan elektron tasdiqlangan holda tegishli tashkilotlarga yuboriladi.

     

        Ushbu elektron dasturda ijroni borish holatini, topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qilish, hujjatlarning arxivini shakllantirish, hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari ham yaratilgan bo‘lib, Xalq bankida ish yuritishni jadallashtirish hamda hujjatlar bilan ishlashda qulayliklar yaratish uchun boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan.

     

    Joriy yilning 1-sentabr holatigaIjro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Ijro.gov.uz” elektron tizimi) orqali Xalq bankiga jami 253 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlangan.

     

    Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 162 taga yoki 2,8 barobarga ko‘paygan.

    Bu esa o‘z navbatida, ijro intizomini yanada kuchaytirishni, topshiriqlarni bajarilmaslik xavfi mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan holda, nazorat qilib borishni taqozo etadi.

     

    Shu munosabat bilan, topshiriqlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda. Jumladan,

     

    joriy yil 15-avgustdan boshlab, har haftaning juma kuni Raisning birinchi o‘rinbosari rahbarligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar hamda Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun 27 ta yo‘nalish bo‘yicha eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tanqidiy tahlil qilgan holda, har haftaning dushanba kuni Boshqaruv raisi rahbarligida kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan muhokamalar tashkil etib borilmoqda;

     

    - bank Boshqaruvi Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarish maqsadida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda haftada bir marotaba rais o‘rinbosarlari boshchiligida belgilangan reja ko‘rsatkichlarni bajarilishi ijro holati yuzasidan muhokamalar tashkil qilib borilmoqda;

     

    har oy yakuni bo‘yicha bank Boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishlarida Boshqaruv Raisi va Rais o‘rinbosarlarining 2025-yil uchun eng muhim (KPI) samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishga mas’ul barcha xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida bank Boshqaruv raisi va barcha o‘rinbosarlari kesimida har bir tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar tanqidiy muhokama qilingan holda, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda;

     

    iqtisodiy o‘qishlarni tashkil etgan holda, bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy hamda bank xizmatlari markazlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.

     

    Xalq bankiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash orqali bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

    Xususan, Xalq banki tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida jami salkam
    10 trln so‘mlik kreditlar ajratildi.

    Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida


    2,2 trln so‘mlik, hududiy investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha
    346 mlrd so‘mlik, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Inklyuziv banking” dasturi doirasida “Moliyaviy ommabop” kredit mahsuloti bo‘yicha 849,3 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi.

     

    Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan umumiy qiymati salkam
    170 mln doll. ekv.dagi mablag‘lar jalb etildi.

     

    Xalq banki tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy, davlat va bank xizmatlarini raqamlashtirish maqsadida Raqamlashtirish guruhi tashkil etilib, ko‘plab yirik loyihalar amaliyotga joriy qilindi:

     

    Bank faoliyatini raqamlashtirish doirasida “Xazna” mobil ilovasi amaliyotga joriy etildi va ushbu ilovada aholining barcha qatlamiga raqamlashtirilgan ijtimoiy va bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanishi uchun bir qator imkoniyatlar yaratildi:

     

    - Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun “onlayn ko‘mak” krediti ishlab chiqildi va joriy yilda aholiga 129 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi;

     

    - Oliy ta’lim vazirligining “Hemisbilling tizimi bilan integrasiya qilinishi natijasida, talabalarga ta’lim kreditini “onlayn” olish yo‘lga qo‘yildi hamda xususiy oliy-o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt pullarini ilova orqali to‘lash imkoniyati yaratildi;

     

    - Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda “suyunchi puli” mablag‘larini olish imkoniyati yaratildi va joriy yilda fuqarolarga 99 mlrd so‘m “suyunchi puli” to‘lab berildi;

     

    - Xalq banki va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “xalqaro imtihon xarajatlari qoplash” xizmati ishga tushirildi va joriy yilda yoshlarga 30,6 mlrd so‘m to‘lovlar to‘lab berildi.

     

    Bugungi kunda, ushbu mobil ilovadan foydalanuvchilar soni 8 mln tani tashkil etadi.

     

    Shuningdek, yuridik shaxslar uchun “Xazna businessinternet va mobil banking ilovasi amaliyotga joriy etildi va ushbu mobil ilovadan ko‘plab tadbirkorlik subektlari foydalanib kelmoqda.

     

    Bugungi kunda, bir qator bank xizmatlari raqamlashtirilgan holda, ushbu internet va mobil banking ilovasida yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan:

     

    - Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan “Xazna” hamda “Xazna business” internet va mobil banking tizimlari integrasiya qilinib, foydalanuvchilar uchun 60 tadan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

     

    - Adliya vazirligi bilan hamkorlikda internet va mobil banking tizimida “YaTTlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tish”, yuridik shaxslar uchun “onlayn kredit olish” imkoniyati;

     

    - yuridik shaxslar tomonidan “SVIFT”, “Konvertasiya” va “E-kontract” tizimlaridan foydalanish imkoniyati;

     

    - bankning yuridik mijozlari uchun amaliyotlarni boshqarish, namunalarni yaratish, valyuta kursi, avtomobil ma’lumotlari, aylanma mablag‘larini hisoboti, budjet to‘lovlari, korporativ kartalar bilan amaliyotlar bo‘yicha 24/7-rejimida o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratildi.

     

    Bank Boshqaruvi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi qatʼiy nazoratga olingan.

    img 10.10.2025
    img
    img

    Xalq bankida kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

    Bank faoliyatida xavfsizlik — mijoz ishonchini mustahkamlovchi eng muhim omillardan biri.

     

     

    Joriy yilning sentabr oyida Xalq banki Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti hamda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida o'quv seminari tashkil etildi. 

     

     

    Seminar davomida xodimlarga:
    🟢 axborot va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik oqibatlari,
    🟢 firibgarlik holatlarini oldini olish yo‘llari,
    🟢 ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari haqida tushuntirishlar berildi.

     

    Ishtirokchilar internet tarmoqlarida uchrayotgan yangi turdagi kiberxavflar bilan tanishdilar. Ularning ishlash mexanizmlari amaliy misollar orqali tahlil qilindi.

     

    Shuningdek, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash va noma’lum havolalardan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    img 09.10.2025
    img
    img

    BARCHA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

    BARCHA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

    Xalq banki quyidagi Tovar va xizmatlarni xarid qilish boyiсha tender e’lon qiladi.

     

    T/r

     

    Tender predmeti

    Soni

    Loyiha qiymati

    Yetkazib berish muddati

    1.

    Bank xizmatlari markazlari uchun yagona standartdagi mebel jihozlarini tayyorlatish va xarid qilish

    1 to‘plam

    17 300 000 000,00 so‘m QQS bilan

    150 kalendar kun

     

    Moliyalashtirish manbaasi: Xalq bankining  o‘z mablag‘lari hisobidan.

     

    Xarid komissiyasi ishchi organi manzili: 100096, Toshkent sh., Qatortol ko‘chasi, 46-uy.

     

    Murojaat uchun: +99871 210-20-02;

     

    Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar: Tenderda talab qilinayotgan shartlar asosida mazkur tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan man etilmagan mahalliy va chet el yuridik shaxslari ishtirok etishi mumkin.

     

    Tender savdolari manzili va joyi: maxsus axborot portali (etender.uzex.uz).

     

    Tender bilan bogliq hujjatlar:  https://etender.uzex.uz/lot/453731 ko‘rsatilgan.

     

    Takliflarni taqdim qilish muddatining oxirgi sanasi va vaqti: 2025 -yil 27-oktabr, soat 11:00 gacha Toshkent vaqti bilan.

    img 09.10.2025
    img
    img

    Rahbar va yoshlar uchrashuvi

    Xalq bankida yosh xodimlarning takliflarini tinglash, ular bilan fikr almashish va o'zaro muloqotni yo'lga qo'yish an’anaga aylangan.

     

    Bank boshqaruvi raisi va yoshlar ishtirokidagi navbatdagi muloqot ham ochiq va samimiy muhitda o'tdi. 

     

    Unda markaziy apparat va mintaqaviy markazlarda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va masalalar bo'yicha bevosita rahbariyatga murojaat qilib, javob oldilar, shuningdek, kasbiy va shaxsiy rivojlanish borasida zarur tavsiya hamda maslahatlarga ega bo'ldilar.

     

    Muloqot so'ngida yoshlarga bank va moliya yo'nalishidagi eng sara kitoblar sovg'a qilindi.

     

    img 09.10.2025
    img
    img

    “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi: eng faol agentlar rag‘batlantirildi

    Mahallalarda bank xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish va bandligini ta’minlash borasida “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi agentlar” faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

     

    Eng faol va tashabbuskor mahalla agentlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi o‘tkazilmoqda.

     

     

    Xalq banki va Markaziy bank hamkorligida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan hamda faol ishtirok etgan agentlarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

     

    Tanlovning dastlabki bosqichida banklarning Toshkent viloyatidagi 67 nafar yordamchi-agenti muvaffaqiyatli qatnashib, tuman bosqichiga o'tgan bo'lsa, shundan 14 nafarini Xalq bankining yordamchi-agentlari tashkil etdi. Ikkinchi bosqich yakunlariga ko'ra 14 nafar yordamchi-agentlarning 4 nafari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

     

     

    “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi 4 bosqichda, mamlakatning 14 ta hududi, 208 tuman va shaharlarini qamrab olgan holda o‘tkazilmoqda. 

     

    Tanlovning asosiy maqsadi — yordamchi agentlar orqali mahallalarda bank xizmatlarini ommalashtirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va ularning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

    img 08.10.2025
    img
    img

    Xalq bankining korrupsiyaga qarshi menejment tizimi xalqaro standartlarga muvofiqligi yana bir bor tasdiqlandi.

    2024-yilda bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikat olindi.

     

     

    Ushbu tizim samaradorligi 2025-yilning sentabr oyida xalqaro mustaqil tashqi audit tomonidan qayta baholanib, ijobiy xulosa berildi va muvofiqlik sertifikati muddati uzaytirildi.

    img 03.10.2025
    img
    img

    Bayram kuni bizda ish tartibi

    Xalq banki aholiga qulaylik yaratish maqsadida bayram kunida ham xizmat ko'rsatishda davom etadi.

     

    1-oktabrda ishlaydigan bank xizmatlari markazlarining to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:

     

    1-oktabr kuni faoliyat yurituvchi bank xizmatlari markazlari va bankdan tashqari kassalar to‘g‘risida
    MA’LUMOT
    Bank nomiFilial nomi (BXM) VASH
    raqami
    NomlanishiHudud joylashgan manzilChorshanba 
    01.10.2025
    A234567
    1Xalq banki(Andijon) Andijon sh3006059 BXMAndijon sh., Mustaqillik k., 3-uy ishlaydi
    2Xalq banki(Buxoro) Buxoro sh6006072 BXMBuxoro sh., M. Iqbol k., 8-uyishlaydi
    3Xalq banki(Buxoro) Olot (Post)06006086.KassaOlot t., Olot chegara postiishlaydi
    4Xalq banki(Jizzax)  Jizzax sh8006042 BXMJizzax sh.,  Sh. Rashidov k., 53-uyishlaydi
    5Xalq banki(Qashqadaryo) Qarshi sh10006058 BXMQarshi sh., A.Temur k., 44-uy ishlaydi
    6Xalq banki(QQR) Nukus sh35006079 BXMNukus sh., Garezsizlik k., 74a-uyishlaydi
    7Xalq banki(QQR) Qo‘ng‘irot (POST)35006082KassaQo‘ng‘irot t., Dovut Otа chegara posti ishlaydi
    8Xalq banki(Navoiy) Karmana12006023 BXMKarmana tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 90-uyishlaydi
    9Xalq banki(Namangan) Namangan sh14006048 BXMNamangan sh., Lutfiy k., 5-a uy ishlaydi
    10Xalq banki(Samarqand) Samarqand sh18006099 BXM Samarqand sh., A.Temur k., 147-uy ishlaydi
    11Xalq banki(Sirdaryo)  Guliston sh24006036 BXMGuliston sh., Xondamir k., 3-uyishlaydi
    12Xalq banki(Sirdaryo) Sirdaryo sh  (Post)24006039KassaSirdaryo t., Toshkent k., Sirdaryo chegara postiishlaydi
    13Xalq banki(Surxondaryo) Termiz sh22006066 BXMTermiz sh., Madaniyat k., 2a-uyishlaydi
    14Xalq banki(Toshkent v.) Zafar (Post)27006110KassaBekobod t., Qoraquyli MFY, Oybek bojxona chegara posti ishlaydi
    15Xalq banki(Toshkent v.) Keles (Post)27006108KassaToshkent t., Chuvalachi MFY,  G‘ishkuprik bojxona chegara postiishlaydi
    16Xalq banki(Toshkent v.) Qibray  (Post)27006091KassaQibray t., Turkiston MFY, S.Najimov bojxona chegara postiishlaydi
    17Xalq banki(Toshkent v.) Chinoz  (Post)27006032KassaChinoz tumani Yallama Bojxona o‘tkazish punktida ishlaydi
    18Xalq banki(Toshkent sh.) Uchtepa26006256 BXMToshkent sh., Uchtepa t., Farxod k., 3a-uy ishlaydi
    19Xalq banki(Toshkent sh.) Mirobod26006240 BXMToshkent sh., Mirobod t., Nukus k., 2-uyishlaydi
    20Xalq banki(Toshkent v.) To‘ytepa27006090 BXMNurafshon sh., Muqumiy MFY, Тоshkеnt yo‘li  k., 176-uy ishlaydi
    21Xalq banki(Farg‘ona) Farg‘ona sh30006074 BXMFarg'ona sh., Kashtanzor k., 33-uyishlaydi
    22Xalq banki(Xorazm) Xiva33006067 BXMXiva sh., Feruz k., 12-uyishlaydi

     

    xazna ilovasida:
    ✅ bank kartalari orasida komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz
    ✅ 100 mln. so'mgacha onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz
    ✅ to‘lovlardan keshbek yig‘ishingiz
    ✅ Xalq banki kreditlarini so‘ndirish va boshqa bank xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin

    img 30.09.2025
    img
    img

    Xalq banki 5-Osiyo Moliya forumida transformatsiya, mikromoliya hamda inkluzivlik tajribasini taqdim etdi

    Avval xabar berganimizdek, Xalq banki delegatsiyasi Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tkazilgan 5-Osiyo Moliya forumida ishtirok etdi.

     

    Mazkur nufuzli anjumanda bank o‘zining transformatsiya jarayoni va erishgan natijalari haqida xalqaro moliya institutlari vakillariga ma’lumot berdi. 

     

     

    Forum doirasidagi “Aholi va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda mikrokreditlashning roli” panel sessiyasida Xalq banki O‘zbekistondagi banklar orasida birinchilardan bo‘lib mikromoliya xizmatlarini joriy qilgani hamda bu yo‘nalish tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi.

     

    Forumning innovatsion sessiya qismida Xalq banki boshqaruv raisi Shuhrat Atabayev tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar, bankning transformatsiya jarayoni haqida ma’lumot berildi. 

     

    Hamkorlikda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida bank zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yurituvchi, masofaviy xizmatlarni keng yo‘lga qo‘ygan, mikromoliya va inkluziv bankingni rivojlantirgan moliya muassasasiga aylandi.

     

     

    Mazkur o‘zgarishlar natijasida tijorat kreditlarining ulushi sezilarli darajada ortdi, muammoli kreditlar hajmi 24,5%dan 4%ga qisqardi, bankning moliyaviy natijalari esa ijobiy sur’at bilan oshdi.

     

    Inkluziv banking biznes modeli doirasida OTBdan jalb qilingan 65 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgani, bu mablag‘lardan foydalanayotgan mijozlarning 68%ni xotin-qizlar tashkil etayotgani ta’kidlandi.

     

    O’z o’rnida, Xalq bankidagi izchil transformatsiya jarayonlari bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlab, xalqaro moliya institutlari va  xorijiy hamkorlar ishonchini oshirayotganligi qayd etildi. 

     

    Mazkur forumdagi ishtirok hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, qo‘shimcha resurslar jalb etish va bu orqali mamlakatda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, inkluziv banking imkoniyatlarini kengaytirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

    img 26.09.2025
    img
    img

    “Bank va Ma’rifat: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari”

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Markaziy bank tashabbusi va banklar hamkorligida “Bank va Ma’rifat: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari” nomli forum bo‘lib o‘tmoqda. 

     

    Forum doirasidagi panel sessiyalarida nashriyotlar yangi loyihalarini taqdim etmoqda. Kutubxona hududida kitob stendlari tashkil etilgan bo‘lib, mehmonlar ular bilan yaqindan tanishish imkoniga ega.

     

    Mazkur forumda Xalq banki ham o'z stendi bilan faol ishtirok etmoqda. Stenddan “Asaxiy Books” bilan hamkorlikdagi kitoblar o'rin olgan.

     

    Xalq banki moliyaviy savodxonlik va kitobxonlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, “Asaxiy Books” bilan hamkorlikda iqtisodiyot va moliyaviy bilimlarni oshirishga oid kitoblarni o‘zbek tilida keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqda.

     

    Kitobxonlikni targ‘ib etish jamiyatda ilmga qiziqishni oshiradi, yoshlarning tafakkurini boyitib, bilimli va tashabbuskor avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.

     

    img 26.09.2025
    img