Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

2024-yilning 6 oyi davomida Xalq banki turli rasmiy manbalar orqali kelib tushgan 14 337 ta murojaatni o'rgandi.

calendar 06.08.2024eye278share Поделиться

🗣 Qonunchilikka muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

 

 

 

🏦 Xalq banki o'z faoliyatida aholi, bank xizmatlari iste'molchilari va mijozlardan kelgan har qanday masalalarga ochiq. Shu bois mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Xalq bankining quyidagi aloqa kanallari ham tashkil qilingan. Ular orqali yuborilgan murojaatlar bir sutka ichida o'rganiladi: 

 

@xbcallsupport murojaatlar markazi
☎️  +998 71 210 20 02 Ishonch raqami
📞1106 qisqa raqami

 

⚡️ Shuningdek, internetdagi har qanday ochiq manbada Xalq banki nomi keltirib yo‘llangan murojaatingiz axborot xizmatining monitoring tizimida aks etadi va qisqa fursatda mutaxassislarimiz sizga qayta aloqaga chiqadi.