Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Ayrim bank xizmatlari markazlari faoliyati tugatilmoqda

calendar 28.06.2024eye237share Поделиться

AT Xalq Banki Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi ayrim bank xizmatlari markazlari faoliyati tugatildi.

 

AT Xalq Bankining Bosh amaliyotlar boshqarmasi qoshidagi Qoraqolpog‘iston Respublikasi -“Shodlik”, “Alpomish”, “Mang‘it”, "Tuproqqal'a", “Ustuyurt”, “Qirqizobod”, “Kelajak”, Namangan viloyati- “Obod”, Samarqand viloyati- “Al-Buxoriy”, Surxondaryo viloyati- “Yangier”, “Ekroz”, “Kakaydi”, “Sangardak”, Sirdaryo viloyati- “Baxt”, Toshkent viloyati- “Bekbaraka”, “Madaniyat” hamda Toshkent shahri- “Xalqlar do‘stligi” bank xizmatlari markazlarining faoliyati tugatilganligini ma’lum qilamiz.

 

Shuningdek, Toshkent shahridagi “Uchtepa” va Buxoro viloyatidagi “Naqshbandiy” bank xizmatlari markazlarining manzili o‘zgarganligi haqida ma’lum qilamiz:
1) Toshkent shahridagi “Uchtepa” bank xizmatlari markazining manzili Uchtepa tumani, Katta xirmontepa ko‘chasi 25-daha, 41-uydan, Uchtepa tumani Farxod ko‘chasi, 3A-uyga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz. 

2) Buxoro viloyatidagi “Naqshbandiy” bank xizmatlari markazining manzili Kogon shahar, Turkiston MFY, Vatanparvar ko‘chasi, 22-uydan, Kogon tumani Niyozxoji Surxon MFY, Yangi hayot ko‘chasiga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz