Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Imkon berilsa, har bir ayol uddalaydi

calendar 06.05.2025eye45share Поделиться

Ayollarga berilgan ishonch va imkoniyat ularning nafaqat o'z ishini boshlashiga, balki jamiyatda faol o'rin egallashiga yo'l ochadi. Qachonki zarur ko'mak, to'g'ri yo'naltirish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'lsa, albatta, natija bo'ladi.

 

Xalq bankining ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishdagi sa’y-harakatlari, ayollarning, nafaqat, biznesini yo‘lga qo‘yishiga, balki,

o‘ziga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanishiga ham xizmat qilmoqda.

 

Bank tomonidan ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini amalga oshirishda zarur moliyaviy qo'llab-quvvatlashi o'z natijasini bermoqda.

 

Hunarmand Marjan Dusaliyeva ancha yillardan buyon an’anaviy ko‘rpachalar zamonaviy qiyofada aks etgan mahsulotlar tayyorlash, ularni keng namoyish etish imkoniyati bo'lgan markaz ochish niyatida edi. 

 

Ushbu orzu Xalq bankining moliyaviy ko‘magida amalga oshdi. Bank tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit yordamida “Korpe” brendi ostida hunarmandchilik markazi tashkil etildi.

Kuni kecha Xalq banki va “Hamroh” kompaniyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshgan   markazning ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.

 

Markazda milliy ko'rinishdagi mahsulotlarni  xarid qilish bilan birga, o‘ziga va imkoniyatlariga ishongan, to'g'ri va o'z vaqtida ko'rsatilgan qo‘llab-quvvatlash orqali maqsadiga erishgan ayol

tadbirkorning ilhomlantiruvchi hikoyasi bilan ham tanishish mumkin.