Imkoniyatdan muvaffaqiyat sari
O‘z g‘oyasiga ishongan va qiyinchiliklarga qaramay olg'a intilayotgan ayollar – jamiyat rivojining harakatlantiruvchi kuchlaridan.
Ularning qat’iyati oilani mustahkamlaydi, jamiyatni o‘zgartiradi va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, “Hamroh” dasturi xotin-qizlarga biznes yuritish bo‘yicha bilim, murabbiylardan ko‘mak olish hamda imtiyozli kredit va grantlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Xalq banki “Hamroh” kompaniyasi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda. Bugun ko‘plab ayollar bu imkoniyatlardan foydalanib o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘ydi, yangi ish o‘rinlarini yaraib, mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shmoqda.