Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Korrupsiyaga qarshi o‘quv kursi tashkillashtirildi

calendar 23.05.2025eye87share Поделиться

Xalq bankida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya elementlari, uning kelib chiqish omillari hamda oldini olish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida maxsus o‘quv kursi o‘tkazildi.

 

Seminar-treninglarda markaziy apparat xodimlari, tizimosti hududiy va tuman, shahar bank xizmatlar markazlari ichki nazorat va komplayens xizmati hamda mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirok etdi. 

 

Kurs davomida ishtirokchilarga ISO 37001:2016 xalqaro standartining talablari, yo‘nalishda xalqaro tajriba, O‘zbekistonda mazkur xalqaro standart talablarini bajarishga, korrupsiyaga qarshi kurashishda e’tibor qaratilayotgan muhim jihatlar va boshqa mavzularda fikr almashildi.  

 

O‘quv kursida faol qatnashgan xodimlarga serifikatlar topshirildi.