Liderlik va sotuv samaradorligi bo'yicha trening bo'lib o'tdi
Mijoz ehtiyojini to‘g‘ri tushunish va unga haqiqiy yechim taklif qila olish bank xodimi uchun muhim ko‘nikmalardan. Negaki, bugungi kundagi savdo jarayonlari mijozni anglash, individual yondashuv va muomala madaniyatini talab etadi.
Xalq banki mintaqaviy markazi menejerlari uchun 14-18-iyul kunlari tashkil etilgan “Sotuvlarni amalga oshirish va biznes jarayonlarni optimallashtirish” mavzusidagi amaliy o'quv treningi ayni shu maqsadga asoslandi.
Hafta davomidagi treninglarda mintaqaviy markaz menejerlari "Liderlik: jamoani boshqarish", "KPI tizimi", "Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdagi omillar", "Sotuvlarni boshqarish" kabi yo‘nalishlarda yangicha yondashuv va amaliy bilimlarga ega bo'lib, kasbiy ko'nikmalarini boyitdilar.
Ochiq munozara, savol-javob va real vaziyatlarga asoslangan muammolar tahlili orqali ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdi.