Mahalla bankirlari uchun team building: tajriba, muloqot, birdamlik
21-iyul kuni “Marvarid” dam olish oromgohida Xalq bankining Toshkent viloyatidagi mahalla bankirlari uchun team building o‘tkazildi.
Tajriba almashish, o‘zaro muloqotni kuchaytirish va jamoaviy ruhni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan team building'da 100ga yaqin mahalla bankiri ishtirok etdi.
Ishtirokchilar kun davomida treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar, ochiq muloqotlar va savol-javob shaklidagi sessiyalarda faol qatnashdilar.
Shuningdek, ular o‘z ish tajribalari bilan bo‘lishib, faoliyatlari davomidagi muvaffaqiyatli natijalar haqida so‘zlab berdilar.
Team building yakunida tashabbuskorligi va faolligi bilan eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan mahalla bankirlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur team building mahalla bankirlarining bir jamoa sifatida yanada birlashishiga, o‘zaro tajriba almashinuviga xizmat qildi. Bu esa ularning kelgusidagi faoliyatlari yanada samarali bo'lishiga zamin yaratadi.