Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Mehnatlari e’tirof etilgan tadbirkor ayol

calendar 11.03.2025eye38share Поделиться

“Mahallabay” ishlash tizimi asosida mahallalardagi muammolarni joyida hal etish, aholining bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga kompleks yondashilmoqda. 

 

Ayniqsa, “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning jamiyatdagi iqtisodiy faolligini oshirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda qo‘llab-quvvatlash samarali natijalar bermoqda. 

 

Mazkur jarayonda Xalq banki ham faol ishtirok etib, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda. 

 

Parkentlik tadbirkor Fotima Boyeva ham Xalq banki va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligidagi “Moliyaviy ommaboplik” loyihasi doirasida oilaviy tadbirkorlik

dasturlari asosida kredit olib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Bugun u nafaqat o‘z daromadiga ega, balki ko‘plab ayollarning bandligi ta’minlanishiga hissa qo‘shmoqda.

 

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Fotima Boyevaning mehnati yuksak e'tirof etilib, u davlatimiz rahbari tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.