Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

🏦 Sifat va xalqaro me'yorlarga muvofiqlik: Xalq banki ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi

calendar 29.05.2024eye275share Поделиться

Mazkur sertifikat bank boshqaruv tizimining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlaydi ✔️

 

Ushbu nufuzli sertifikat nafaqat bank, balki O‘zbekistonning butun moliya sektori uchun katta yutuq.

 

➡️ ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish mijozlar va hamkorlarimizning moliyaviy operatsiyalari xavfsizligi ta’minlanganligi, bank korrupsiya xatarlarini oldini olish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining ko‘lamini ko‘rsatadi.

 

Bu mijozlar, hamkor va investorlarning bankka ishonchini mustahkamlashda yana bir muhim qadam. 

 

➡️ ISO 37001 – Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro me’yor. U korrupsiyani oldini olish, aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.