Топ рейтинг www.uz
Test rejim
logo

Sport va tarix uyg'unligi: Xalq bankining Bukhara Night Race'dagi yorqin ishtiroki

calendar 16.09.2025eye108share Поделиться

13-sentabr kuni qadimiy Buxoroda bo‘lib o‘tgan navbatdagi Bukhara Night Race yugurish musobaqasi nafaqat professional yuguruvchilarni, balki sog‘lom hayot tarafdori bo‘lgan minglab havaskorlarni ham bir maydonda birlashtirdi.

Chiroqlar yog‘dusida yaltiragan tarixiy maskanlar, startni kutayotgan ishtirokchilar va tomoshabinlarning olqishlari — bularning bari musobaqaga betakror ruh bag‘ishladi. 

 

 

Atletlar tungi Buxoro ko‘chalari, qadimiy obidalar va tarixiy muhit bag‘rida 5 km, 10 km va 21.1 km masofalarni bosib o‘tdi.

Marafonning bosh hamkori Xalq banki va xazna jamoasi, bank yoshlari faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy birdamlikni yana bir bor namoyish etdi.

Korporativ jamoalar bahsida bizning atletlarimiz o‘zining jismoniy tayyorgarligi va iroda kuchini ko‘rsatib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xalq banki nafaqat moliyaviy xizmatlarda, balki ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishga intiladi. Sport tadbirlaridagi muntazam ishtirok bu biz uchun qadriyat, sog‘lom kelajak sari qo‘shayotgan hissamizdir.

Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy muhit va sport ruhini uyg‘unlashtirgan Bukhara Night Race barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Xalq banki esa bu yirik sport bayramining hamkori va faol ishtirokchisi bo‘lganidan mamnun.